O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə8/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

Jami:

34 soat



10-SINF





O‘tiladigan mavzular

Soat

1

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo`l omon!”

1

2

Vatan taraqqiyotiga mening hissam.

1

3

Stresslar va ularni boshqarish psixologiyasi (stress management)

1

4

Ustoz otangdek ulug‘. (1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1

5

Mеn -o‘zgardim, Karyеra-Faoliyat.

1

6

Ona tili – qalb ko‘zgusi.

1

7

Halollik – eng muhim fazilat.

1

8

Nizolar va ularni boshqarish psixologiyasi (conflict management)

1

9

Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar

1

10

Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).

1

11

Befarqlik va uning oqibatlari

1

12

Vatan oldidagi burch va mas'uliyat.

1

13

Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati

1

14

Zamonaviy mеhnat bozori.

1

15

Eng buyuk jasorat - ma'naviy jasoratdir.

1

16

Yangi yil muborak! Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan.

1

17

Tinchlik uchun barcha mas'ul.

1

18

Jahon axborot tarmog‘idagi tahdidlar!

1

19

Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.

1

20

Kitob ma’rifat chirog‘i.

1

21

Kiber makon va biz.

1

22

To‘siqlarni yеngib o‘tish.

1

23

Ayolga ehtirom!.

1

24

Buyuk mutafakkirlarimizning tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi.

1

25

Milliy qadriyatlar va an’analarimiz

1

26

Amir Temur hayoti bizga o‘rnak (Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1

27

Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz.

1

28

Kiber havfsizlikning asosiy shartlari.

1

29

Qarisi bor uyning farishtasi bor.

1

30

Xotira abadiy, inson qadri buyukdir

1

31

Vaqt qadri

1

32

Yoshlarning ota-ona, oila hamda mahalla oldidagi burch hamda majburiyatlari.

1

33

Men tanlagan kasb

1

34

Mustahkam oila qurish bilim-ko‘nikmalari

1




Jami:

34 soat

11-SINF





O‘tiladigan mavzular

Soat

1

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo`l omon!”

1

2

Psixologik madaniyat va salomatlik bilim-ko‘nikmalari

1

3

Muvaffaqiyatli inson bo‘lish omillari.

1

4

Ustoz otangdek ulug‘. (1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1

5

Vatan taraqqiyotiga mening hissam.

1

6

Ona tili – qalb ko‘zgusi.

1

7

“Men kecha bugun va ertaga” psixologik trening mashg‘uloti

1

8

Jamoat joylarida o‘zini tutish odobi.

1

9

Salomatlik tuman boylik.

1

10

Til bilgan el biladi

1

11

Befarqlik va loqaydlik.

1

12

Vatan oldidagi burch va mas’uliyat hissi.

1

13

Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi.

1

14

Terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurash.

1

15

Kasb tanlashda muhim bo‘lgan o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini adеkvat baholash.

1

16

Yangi yil muborak! Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan.

1

17

Xalq tinchligi uchun barcha mas’ul.

1

18

Din va axborot iste’moli madaniyati.

1

19

Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz

1

20

Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar.

1

21

Kiber makon va biz.

1

22

Axborot asri tahlikalari.

1

23

Ayolga ehtirom!

1

24

Jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illatlarga qarshi kurash.

1

25

Milliy urf-odat va an’analar.

1

26

Amir Temur va jahon madaniyati.

1

27

Mеn va mеning bo‘lg‘usi kasbim.

1

28

Yoshlarning ota-ona, oila hamda mahalla oldidagi burch hamda majburiyatlari.

1

29

Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar

1

30

Mustahkam oila qurish bilim-ko‘nikmalari

1

31

Vaqtni boshqarish psixologiyasi (time management)

1

32

Men sevib o‘qigan kitob.

1

33

Men tanlagan kasb.

1

34

“Men kecha bugun va ertaga” psixologik trening mashg‘uloti

1




Jami:

34 soat

Sinf soati” mashg‘ulotlarining o‘quv dasturi


(1-11 sinflar uchun)

1 – sinf
(33 soat)




1-mavzu: O‘zbekiston-ona vatanim! (1 soat)
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili”, davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.


2-mavzu: Tabiatni muhofaza qilish. (1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish


3-mavzu: Mening kun tartibim. (1 soat)
Kundalik tartib-qoidalar. O‘quvchining kun tartibi. Kun tartibiga rioya etish intizomlilik belgisi.


4-mavzu: Ustozga ta’zim! (Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan) (1 soat)
O‘quvchilar qalbiga o‘qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg‘usini singdirish, ularga ustozlarning ulug‘ligini va ularga doimo ehtirom ko‘rsatish lozimligini uqtirish.


5-mavzu: Xavfsizlik nima? (1 soat)
O‘quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib solayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan tahdidlari haqida tushunchalar hosil qilib, ularda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xislatlarini tarbiyalash, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‘quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.


6-mavzu: 4-oktabr butun jahon xayvonlarni himoya qilish kuni. (1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish.


7-mavzu: Tejamkorlik haqida suhbat. (1 soat)
O‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni uqtirish orqali o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.


8-mavzu: Ona tilim – jonu dilim. (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o‘quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish.


9-mavzu: Oltin kuz ertaklari. (1 soat)
Ertaklar – yaxshilikka yetaklar. Har doim yaxshilikning g‘alaba qozonishi, ko‘p ertak o‘qigan bolalar aqlli, odobli va mehnatsevar bo֥‘lishi.


10-mavzu: Ta’til taassurotlari. (1 soat)
O‘quvchilarning ta’til davomida nima ishlar bilan shug‘ullanganliklari tinglanadi, boshqalarga ibrat bo‘ladigan yumush bilan shug‘ullangan bolalar rag‘batlantiriladi.


11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishda ularning o‘rni kattaligini uqtirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i o‘zga yurtlarda ko‘tarilganda g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirishini singdirish.


12-mavzu: Ertaklar yaxshilikka – yetaklar. (1 soat)
O‘quvchilarga orzu va orzusi bo‘yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida, barcha orzularining ro‘yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o‘gitining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishligini va bu jarayonda ertaklarning ahamiyatini tushuntirish.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin