O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida


-mavzu: Mening mahallam. (1 soat)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə10/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

18-mavzu: Mening mahallam. (1 soat)
Xalqimizga xos fazilat. “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Qo‘shning tinch, sen tinch”, “Mening mahallamda yashash yaxshi.”


19-mavzu: Yaxshi tarbiya - inson ziynati. (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg‘ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‘quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va “ommaviy madaniyat” kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.


20-mavzu: Bobolarimiz deydilar… (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
(1 soat)
O‘quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish. Shuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.


21-mavzu: Men va mening oilam. (1 soat)
Bolalar, yoshlar va qizlarda oila va uning vazifalari, oila ichidagi va bolalar-ota-onalar munosabatlari, bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar madaniyati, oila va jamoatchilik joylarida ma’naviy axloq me’yorlari to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirish


22-mavzu: Bizni dunyo qanday taniydi. (1 soat)
Buyuk allomalar (Al-Xorazmiy, Beruniy, Amir Temur, Ibn Sino) va ularning ilm ma’rifati butun dunyoni zabt etganligi haqida tushunchalar berish
23-mavzu: Mehribonim onam (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
(1 soat)
O‘quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi” degan g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin