O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida


-mavzu: Navro‘z – bahor bayrami ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). (1 soat)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə11/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

24-mavzu: Navro‘z – bahor bayrami ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo‘qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
25-mavzu: Suv hayot manbai (22 mart butun jahon suv resurslari kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga suv barcha tirik organizmlar uchun juda muhimligini singdirish. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
Suvsiz hayot yo‘qligini, ichimlik suvini tejab sarflash barchamizning muhim vazifamiz ekanligini unutmaslik.
O‘quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg‘ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‘quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va “ommaviy madaniyat” kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.


26-mavzu: Mehnat-mehnatning tagi rohat. (1 soat)
O‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish orqali ularga halol mehnat bilan topilgan boylik hech qachon yo‘q bo‘lmasligi haqidagi tushunchalarni singdirish, o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnatga o‘rgatish hamda ularda jamoa bilan birgalikda mehnat qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash, ularga orzu va orzusi bo‘yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida, barcha orzularining ro‘yobga chiqishida irodaning, mehnatning, harakatning va ustozlar o‘gitining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.


27-mavzu: Ona tabiat qo‘ynida. (1 soat)
Ekskursiya mashg’uloti orqali o‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin