O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida


-mavzu: Qomusimiz – baxtimiz (8 dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə9/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

13-mavzu: Qomusimiz – baxtimiz (8 dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni o‘rganish va amal qilish tuyg‘ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.


14-mavzu: Madhiyani kuylaylik (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.


15-mavzu: Mas’uliyat nima? (1 soat)
Mas’uliyat tushunchasi. O‘quvchilarga orzu va orzusi bo‘yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida, barcha orzularining ro‘yobga chiqishida mas’uliyat va irodaning, mehnatning, harakatning va ustozlar o‘gitining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.


16-mavzu: Yangi yil muborak (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.


17-mavzu: Vatan posbonlari. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo‘lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin