2 – sinf
(34 soat)
1-mavzu: Ona yurtim-oltin beshigim. (1 soat)
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili”, davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.
2-mavzu: Odobli bola-elga manzur. (2 soat)
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
3-mavzu: Yo‘l harakati qoidalarining vujudga kelish tarixi. ( Yo‘l harakati qoidalari 1 soat)
Yo‘l harakati qoidalarining kelib chiqish tarixi. Avtomobillarning paydo bo‘lishi. O‘zbekiston respublikasi “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi” yangi tahrirdagi qonunning mazmun mohiyati.
4-mavzu: Ustozga hurmat (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbiga o‘qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg‘usini singdirish, ularga ustozlarning ulug‘ligini va ularga doimo ehtirom ko‘rsatish lozimligini uqtirish.
5-mavzu: Ona maktab bag‘rida. (1 soat)
Eng ulug‘ maskan. Buyuk insonlarni tarbiyalovchi ilm o‘chogi. Maktabdagi har bir kitob va boshqa buyumlarni asrab-avaylash lozimligi.
6-mavzu: Ona tabiatni asraylik (4-oktabr butun jahon hayvonlarni himoya qilish kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish
Dostları ilə paylaş: |