O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə16/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

18-mavzu: To‘maris kim? (1 soat)
To‘maris jasoratlari. O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo‘lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashgan mohir sarkarda, Vatani ozodligini o‘z hayotidan ham ustun qo‘ygan buyuk vatanparvar, hatto dushmani ham havas qilgan yengilmas bahodir ekanligi, uning jasoratlari bugungi yosh avlod uchun namuna vazifasini o‘tashi yoritiladi.
19-mavzu: Maxsus transport vositalari.(1soat)
Maxsus imtiyozli transport vositalari: O‘t o‘chiruvchi avtomobillar(101),ichki ishlar avtomobillari(102), tez tibbiy yordam avtomobillari(103), gaz ta’minoti xizmati(104), Qutqaruv xizmati avtomobillari(1050).Yo‘llarda maxsus transport vositalari yaqinlashib kelganda piyodalarning vazifalari.
20-mavzu: Buyuk ajdodlarimiz (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
(2 soat)

O‘quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish. Shuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.


21-mavzu: Do‘stlik – bebaho ne’mat (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan ). (1 soat)
Mustaqil O‘zbekiston – seni tanidi jahon. O‘zbekiston va BMT, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yosh avlod tarbiyasiga berilayotgan e’tibor.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin