O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida


-mavzu: Ogohlantiruvchi belgilar. (Yo‘l harakati qoidalari)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə18/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

28-mavzu: Ogohlantiruvchi belgilar. (Yo‘l harakati qoidalari)
"Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi", "Shlagbaumsiz temir yo'l kesishmasi", "Bir izli temir yo'l", "Ko'p izli temir yo'l", "Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuv" Aholi yashamaydigan joylarda temir yo'l kesishmasining yaqinligi haqida qoshimcha ogohlantirish, "Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi","Svetofor tartibga soladi" Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar o'tish joyi yoki yo'l qismi, "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv", "Xavfli burilish" Yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinish cheklangan burilish joy, "Xavfli burilishlar" Yo'lning havfli burilishlari bo'lgan qismi kabi tushunchalar berish.


29-mavzu: Yurtimiz favvoralari. (1may favvoralar kuni munosabati bilan) (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga yurtimiz go‘zalligi haqida, favvoralar yurtimiz go‘zalligiga ko‘rk qo‘shib turishini uqtirish.


30-mavzu: Ona Vatan – aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‘ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash.


31-mavzu: Yo‘l-transport xodisalari va ularning kelib chiqish sabablari. (1 soat)
Yo‘l transport xodisasi. Uning turlari hamda sodir bo‘lish sabablari. Bolalar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport xodisalarining asosiy sabablari: piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, transportdagi yo‘lovchilarning o‘z vazifalarini bajarmasligi, ko‘chada va transportda intizomsizlik va hk.
32-mavzu: Kitob bizning do‘stimiz. (1 soat)
O‘quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirish.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin