243
Universal Studios egasi Comcast kompaniyasi, Monrealdagi unchalik
kata boʻllmagan Felix&Paul-VR studiyasiga 6.8
million dollar sarmoya
kiritdi. Shuningdek, New York Times ham virtual reallikni rivojlantirishga
mablag‘ sarflamoqda. Nashriyot koʻplab 360 gradusli “Kann sherlari”
festivalida gʻolib boʻladigan videolarni taqdim etdi.
2014 yilda Facebook Oculus VR kompaniyasini 2 milliard dollarga
sotib oldi. Keyinroq esa 3D avatarlari va VR oʻzaro ta’sirlash qobiliyatiga
ega ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi.
HTC kompaniyasi ham trendda – 2016 yilda kompaniya oʻzining
Vive platformasini rivojlantirish uchun 100 million dollar ajratdi. HTC
kompaniyasi HTC RE mahsulotlar turkumini ishlab chiqdi va ularning
virtual reallik shlemi Oculus Riftning raqobatchisiga aylandi. HTC nafaqat
oʻz mahsulotlarini ishlab chiqadi, balki VR-startaplari uchun
akleleratorlarni ham yaratadi. San-Frantsiskoda
Vive X akleleratoridan
demo kuni boʻlib oʻtgan, unda 26 kompaniya oʻz texnologiyalarini
namoyish etdilar.
Texnologiyalar bozorining rivojlanishiga boshqa yirik ishtirokchilar
ham oʻz hissalarini qoʻshishdi – Sony 2015 yilda 3D imo-ishora anglash
tizimlarini ishlab chiqaruvchisi SoftKineticSystems ni sotib oldi va
Samsung kompaniyasi esa Amerikaning animatsion
virtual reallikka
ixtisoslashgan Baobab Studios startapiga 6 million dollar sarmoya
kiritishini e’lon qildi.
Yirik kompaniyalar oʻzlarining virtual reallik moslamalarini (HTC
Vive, Oculus Rift, PlayStation VR) ishlab chiqaradilar, shu bilan birga ular
uchun eksklyuziv oʻyinlar va dasturlarni ishlab chiqadilar. Ammo agar
ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan oʻzaro aloqa qilishni, tajriba
almashishni va virtual reallik texnologiyalarini ommalashtirishni
boshlasalar, jarayon misli koʻrilmagan darajada oʻzgarishi mumkin. Shu
maqsadda, sohaning yirik kompaniyalari 2016
yil oxirida VRni
rivojlantirish va ilgari surish bilan shugʻullanadigan Global Virtual reallik
Uyushmasini (
Global Virtual Reality Association-
GVRA) tuzdilar.
Uyushma tarkibiga Acer (Starbreeze), Google (Cardboard, Daydream),
HTC (Vive), Facebook (Oculus Rift), Samsung (Gear VR) va Sony
(PlayStation VR) kabilar kiradi.
244
AR/VR kompaniyalarining ulkan oqimiga kirishni istovchilar,
e’tiborini, Venture Reality Fund bilan Frantsiyaning LucidWeb
kompaniyasi birgalikda tashkil etgan 300 dan ortiq kompaniyalarni oʻz
ichiga toʻliq qamrab oluvchi VR industrial ekotizimiga qaratishi kerak.
Agar texnologiya nuqtai nazaridan
uzoq xorij mamlakatlari
yetakchilik
qilsa,
kommunikasiya
sohasida
Rossiya
chet
ellik
hamkasblarini ortda qoldirdi. 2015 yil iyun oyida Rossiyada toʻldirilgan va
virtual reallik uyushmasi paydo boʻldi.
Rossiya VR va AR texnoligiyalari bozorida aksariyat xorijiy
ishlanmalar (Oculus Rift, HTC Vive) asosida loyihalarni amalga
oshiradigan kichik kompaniyalar faoliyat yuritadi. Jumladan, 2011 yil
bozorda paydo boʻlgan AR Production kompaniyasi Toʻldirilgan reallik
muzeyi, “Gazprom” uchun AR va “Kuban” agroxoldingga virtual sayohat
kabi turli kompaniyalar uchun loyihalarni amalga oshirgan.
Ammo hamma kompaniyalar ham Gʻarbdagi
hamkasblarining
ishlanmalari asosida biznes yuritishni istashmaydi. Rossiyaning Boxglass
kompaniyasi nafaqat 360 formatda videolarni suratga oladi va AR / VR
dasturlarini ishlab chiqadi, balki oʻzining virtual reallik koʻzoynaklarini
ham ishlab chiqaradi.
VE Group kompaniyasi yanada ilgʻor, u 10 yillar oldin tashkil etilgan
boʻlib, oʻzini virtual reallik tizimlari va 3D vizualizatsiya tizimidagi
integrator deb ataydi. Virtual tadqiqotlar markazlari va VR xonalarini
rivojlantirishdan tashqari, kompaniya neft va gaz sanoati, ta’lim va qurilish
uchun VR yechimlarini ishlab chiqaradi.
Rossiyadagi virtual reallik bozorida
yirik va unchalik katta
boʻlmagan startaplar ham taqdim qilingan. Muvaffaqiyatga erishganlarning
orasida Gravis va Media Markt nemis riteyl tarmoqlari bilan virtual reallik
shlemlarini etkazib berish boʻyicha kelishuvga erishgan Fibrum startapini
ajratib koʻrsatish mumkin.(3.21-rasm)
Yana bir qiziqarli loyiha – LiveMap toʻldirilgan reallik mototsikl
shlemi, uning yakuniy versiyasi CES 2018 da taqdim etilgan.
VR va AR texnoligiyalari bozoridagi start-up loyihani amalga
oshirish uchun mablag‘ boshlangʻich topishning uchun eng oson usuli,
albatta, investorlarni jalb qilishdir.