O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


 § Virtual texnologiyalar (VR va AR )



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

7 §
Virtual texnologiyalar (VR va AR ) 
Reja: 
1.
VR va AR tushunchalari
 
2.
Jahonda VR va AR texnologiyalarining rivojlanishi
 
3.
VR va AR texnologiyalaridan amaliyotda foydalanish 
 
Virtual reallik (ing. virtual reality-VR) – odamga uning sezgilari 
orqali: koʻrish, eshitish, hidlash, teginish va boshqalar orqali uzatiladigan 
texnik vositalar yordamida yaratilgan olamdir. Virtual reallik ta’sir qilish 
va unga javob reaksiyalarini imitasiya qiladi. 
Toʻldirilgan reallik (ing. augmented realit
y-
AR) – har qanday hissiy 
ma’lumotlarni qoʻshib, real dunyoni toʻldiradigan texnologiyalar. Nomiga 
qaramay, ushbu texnologiyalar virtual ma’lumotlarni real dunyoga olib 
kirishi va undagi narsalarni olib tashlashi mumkin. AR qobiliyatlari faqat 
qurilmalar va dasturlarning imkoniyatlari bilan cheklangan.
69
3.18-rasm. Virtual, toʻldirilgan va aralash reallik 
VR va AR oʻrtasidagi farqni aniqlab olish kerak: 
VR haqiqiy dunyoni toʻsib qoʻyadi va foydalanuvchini raqamli 
olamga olib kiradi. Agar inson maxsus moslamani taqib yashash xonasi 
oʻrniga oʻzini dengiz tubida sayohat qilayotgandek his qilsa, bu VR dir. 
AR haqiqiy dunyoni raqamli dunyo elementlari bilan toʻldiradi. Agar 
koʻchada piyoda ketayotgan vaqtda toʻsatdan trotuarda Dregonayt 
pokemon paydo boʻlsa, u holda bu ARdir. (3.19-rasm) 
69
 
https://rb.ru/story/vsyo-o-vr-ar/
 


240 
 
3.19-rasm. Toʻldirilgan reallik misoli: Pokemon GO oʻyini 
Virtual 
reallikning 
rivojlanishi 
oʻtgan asrning 50-yillarida 
boshlangan. 1961 yilda “Philco corporation” harbiy maqsadda foydalanish 
uchun birinchi Headsight-VR shlemini ishlab chiqdi va bu ushbu 
texnologiyaning amaliyotda ilk bor qoʻllanilishi edi. Lekin bugungi 
tasnifga asoslanilsa, mazkur tizim koʻproq AR texnologiyalariga toʻgʻri 
keladi. 
Morton Heylig haqli ravishda virtual reallikning otasi deb 
hisoblanadi. U 1962 yilda dunyodagi birinchi “Sensorama” deb nomlangan 
virtual simulyatorni patentladi. Ushbu qurilma tashqi koʻrinishidan 80-
yillardagi oʻyin avtomatlariga oʻxshagan katta qurilma edi va u 
tomoshabinga virtual voqelikka kirishga, masalan, Bruklin koʻchalari 
boʻylab mototsikl haydashga imkon berdi. Ammo Xeylig ixtirosi 
sarmoyadorlarda ishonchsizlik uygʻotdi va olim ishlanmalarni toʻxtatishga 
majbur boʻldi. (3.20-rasm) 
Xeyligdan bir necha yil oʻtgach, Garvard professori Ayvan Suzerlend 
tomonidan shunga oʻxshash qurilma taqdim etildi, u talaba Bob Spraul 
bilan birgalikda “Damokllar qilichi” nomli - boshga oʻrnatiladigan 
displeyga asoslangan birinchi virtual reallik tizimini yaratdi. Bunda 
koʻzoynak shiftga mahkamlangan va rasm kompyuter orqali tarqatilgan. 
Bunday noqulay ixtiroligiga qaramay, Markaziy razvedka boshqarmasi va 
NASA texnologiyaga qiziqish bildirdi. 


241 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin