7 §
Virtual texnologiyalar (VR va AR )
Reja:
1.
VR va AR tushunchalari
2.
Jahonda VR va AR texnologiyalarining rivojlanishi
3.
VR va AR texnologiyalaridan amaliyotda foydalanish
Virtual reallik (ing. virtual reality-VR) – odamga uning sezgilari
orqali: koʻrish, eshitish, hidlash, teginish va boshqalar orqali uzatiladigan
texnik vositalar yordamida yaratilgan olamdir. Virtual reallik ta’sir qilish
va unga javob reaksiyalarini imitasiya qiladi.
Toʻldirilgan reallik (ing. augmented realit
y-
AR) – har qanday hissiy
ma’lumotlarni qoʻshib, real dunyoni toʻldiradigan texnologiyalar. Nomiga
qaramay, ushbu texnologiyalar virtual ma’lumotlarni real dunyoga olib
kirishi va undagi narsalarni olib tashlashi mumkin. AR qobiliyatlari faqat
qurilmalar va dasturlarning imkoniyatlari bilan cheklangan.
69
3.18-rasm. Virtual, toʻldirilgan va aralash reallik
VR va AR oʻrtasidagi farqni aniqlab olish kerak:
VR haqiqiy dunyoni toʻsib qoʻyadi va foydalanuvchini raqamli
olamga olib kiradi. Agar inson maxsus moslamani taqib yashash xonasi
oʻrniga oʻzini dengiz tubida sayohat qilayotgandek his qilsa, bu VR dir.
AR haqiqiy dunyoni raqamli dunyo elementlari bilan toʻldiradi. Agar
koʻchada piyoda ketayotgan vaqtda toʻsatdan trotuarda Dregonayt
pokemon paydo boʻlsa, u holda bu ARdir. (3.19-rasm)
69
https://rb.ru/story/vsyo-o-vr-ar/
240
3.19-rasm. Toʻldirilgan reallik misoli: Pokemon GO oʻyini
Virtual
reallikning
rivojlanishi
oʻtgan asrning 50-yillarida
boshlangan. 1961 yilda “Philco corporation” harbiy maqsadda foydalanish
uchun birinchi Headsight-VR shlemini ishlab chiqdi va bu ushbu
texnologiyaning amaliyotda ilk bor qoʻllanilishi edi. Lekin bugungi
tasnifga asoslanilsa, mazkur tizim koʻproq AR texnologiyalariga toʻgʻri
keladi.
Morton Heylig haqli ravishda virtual reallikning otasi deb
hisoblanadi. U 1962 yilda dunyodagi birinchi “Sensorama” deb nomlangan
virtual simulyatorni patentladi. Ushbu qurilma tashqi koʻrinishidan 80-
yillardagi oʻyin avtomatlariga oʻxshagan katta qurilma edi va u
tomoshabinga virtual voqelikka kirishga, masalan, Bruklin koʻchalari
boʻylab mototsikl haydashga imkon berdi. Ammo Xeylig ixtirosi
sarmoyadorlarda ishonchsizlik uygʻotdi va olim ishlanmalarni toʻxtatishga
majbur boʻldi. (3.20-rasm)
Xeyligdan bir necha yil oʻtgach, Garvard professori Ayvan Suzerlend
tomonidan shunga oʻxshash qurilma taqdim etildi, u talaba Bob Spraul
bilan birgalikda “Damokllar qilichi” nomli - boshga oʻrnatiladigan
displeyga asoslangan birinchi virtual reallik tizimini yaratdi. Bunda
koʻzoynak shiftga mahkamlangan va rasm kompyuter orqali tarqatilgan.
Bunday noqulay ixtiroligiga qaramay, Markaziy razvedka boshqarmasi va
NASA texnologiyaga qiziqish bildirdi.
|