242
birlashtirdi. Shu bilan birga, virtual reallik texnologiyalaridan foydalangan
holda oʻyin platformalarini ishlab chiqish boshlandi. 1993 yilda Sega
kompaniyasi Genesis konsolini ishlab chiqdi.
Namoyishlar va dastlabki koʻrish ishlarida barchasi yakuniga etdi.
Sababi Sega VR oʻyinlari vaqtida bosh ogʻrigʻi va koʻngil aynish holatlari
kuzatilgan va qurilma umuman sotuvga chiqmagan. Qurilmalarning yuqori
narxi, zerikarli texnik uskunalar va nojoya ta’sirlar
sabab odamlar VR va
AR texnologiyalarini bir muncha vaqt unutishdi.
2000 yilda, Quake oʻyinlarida AR texnologiyalarining qoʻshilishi
tufayli, koʻchalarda haqiqiy mahluqlarni kuzatish mumkin boʻldi. Toʻgʻri,
faqat datchiklar va kameralar oʻrnatilgan virtual shlem bilan qurollangan
holda oʻynash mumkin edi, bu esa oʻyinni
mashhurligiga olib kelmadi,
ammo hozirgi Pokemon Goning paydo boʻlishi uchun zarur sharoit yarata
oldi.
Ushbu sohada haqiqiy bum faqat 2012 yilda boshlandi. 2012 yil 1
avgustda, taniqli boʻlmagan Oculus startapi, virtual reallik shlemini ishlab
chiqarishga mablag‘ toʻplash uchun Kickstarter kampaniyasining
platformasida ish boshladi. Dasturchilar foydalanuvchilarga har bir koʻz
uchun 640 x 800 piksel oʻlchamdagi displeylardan foydalanish orqali
«toʻliq yuklanish samarasi» tajribasini va’da qilishdi.
Dastlabki toʻrt soat ichida talab qilingan 250,000 $ yigʻildi. Uch
yarim yil oʻtgach, 2015 yil 6 yanvar kuni
birinchi seriyali ishlab
chiqarilgan iste’molchi VR shlemi Oculus Rift CV1ning ommaviy savdosi
boshlandi. Sotuv kutilganidan ancha yaxshi natijaga olib keldi. Birinchi
Dostları ilə paylaş: