O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

Elektron tijorat tarixi
Elektron tijoratning birinchi tizimlari va usullari sotishni 
avtomatlashtirish texnologiyalari paydo boʻlishi va korporativ resurslarni 
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarining joriy qilinishi bilan 
bogʻliqdir
7

1960 yilda Amerikaning American Airlines va IBM kompaniyalari 
parvozlarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishga 
kirishdilar. SABRE (
Semi-Automatic Business Research Environment
), 
ya’ni Yarim Avtomatik Tadqiqot Atrof-muhit tizimi oddiy yoʻlovchilar 
uchun havo qatnovini yanada arzonlashtirib, ularga doimiy ravishda oʻsib 
borayotgan parvozlar va parvoz tariflarini boshqarishda yordam bergan. 
Oʻrindiqlarni bron qilishda tariflarni hisoblash jarayonini avtomatlashtirish 
tufayli xizmatlar narxi pasayib, yoʻlovchilar tashish hajmi ortgan
8

American Airlines va IBM oʻrtasidagi qoʻshma loyiha elektron tijoratning 
birinchi namunasidir. 
1971 yilda Stenford universiteti va Massachusets texnologiya 
instituti talabalari Stenford sun’iy intellekt laboratoriyasining ARPANET 
kompyuter tarmogʻidan foydalanib, marixuanani sotishni tashkil etishgan. 
Keyinchalik, ushbu bitimlar birinchi onlayn oʻtkazmalar, elektron 
tijoratning boshlanishi deb hisoblangan
9

6
«
Electronic Commerce», Gary Schneider, Course Technology, 2008 
7
Yurasov A. V. «Osnovi elektronnoy kommertsii», Goryachaya liniya-Telekom, Moskva, 2007 god 
8
http://www.aerohelp.ru/data/432/cir313.pdf 
9
Michael Power.
 Online highs are old as the net: the first e-commerce was a drugs deal // The Guardian. 2013. 
Аpril. 


41 
1979 yilda Maykl Oldrich birinchi onlayn xarid qilish tizimini 
taqdim etgan
10

1981 yilda biznes uchun birinchi onlayn xarid qilish tizimi Thomson 
Holidays UK tashkil etilgan
11
.
1982 yilda Minitel 
France
Télécom tomonidan butun mamlakat 
boʻylab taqdim etilgan va onlayn buyurtmalar uchun foydalanilgan. 
1983 yilda Kaliforniya shtati assambleyasi Vulkan shahrida 
(Kaliforniya shtati) birinchi “elektron tijorat” tinglovini oʻtkazgan
12
.
1995 yilda Jeff Bezos 
Amazon.com
ni ishga tushirgan va birinchi 24 
soatlik reklamasiz Radio HK va NetRadio radiostansiyalar ish boshlagan. 
eBay dasturchi Per Omidyar tomonidan AuctionWeb nomi bilan 
yaratilgan. Toʻrt yildan soʻng Xitoyda Alibaba Group tashkil etilgan. 1997 
yilda 149 ming AQSh dollariga tashkil etilgan Business.com 
eCompanies
ga 7,5 million dollarga sotilgan. Huddi shu davrda Napster-dan 
peer-to-peer dasturi ishga tushirilgan. ATG Stores Internet orqali uy bezak 
buyumlari savdosini boshlagan. 2001 yil dekabr oyida Alibaba.com 
rentabellikka erishgan. 2002 yilda eBay PayPal-ni 1,5 milliard dollarga 
sotib oldi
13
.
Amazon.com oʻzining birinchi yillik daromadini 2003 yilda e’lon 
qildi. 
2004 yilda B2B onlayn-tranzaktsiyalari boʻyicha birinchi xitoy 
platformasi DHgate.com yaratilgan va bu boshqa B2B saytlarini «sariq 
sahifalar» modelidan ketishiga sabab boʻlgan
14

2007 yilda Business.com saytini R.H. Donnelley 345 million 
dollarga sotib olgan. 
2015 yilda Amazon.com AQShga qariyb 500 million SKU sotish 
orqali elektron savdo oʻsishining yarmidan koʻpini tashkil etgan
15

2017 yilda: dunyo boʻylab elektron tijorat chakana savdosi 2,36 trln. 
dollarga etgan, va 2016 yilga nisbatan 14,8%ga oʻsgan(1.9-rasm). 
10
Tkacz, Ewaryst; Kapczynski, Adrian.
Internet - Technical Development and Applications. Springer. - 2009. - 
С. 255. - ISBN 978-3-642-05018-3. 
11
Palmer.C.
Using IT for competitive advantage at Thomson Holidays // Institute of Strategic Studies Journal. 
London- Pergamon Press.. - 1988. - С. 26-29. 
12
 E Commerce – Essays – Hpandurang92 // Study mode. — 2013. 
13
 eBay acquires PayPal Investor // Investor. eBay.. — 2012. — Декабрь 
14
 Diane Wang: Rounding up the "Ant" Heroes // Sino Foreign Management. — 2011. 
15
 Amazon will account for more than half of 2015 e-commerce growth, says Macquarie
 // Market Watch.


42 
Soʻnggi 20 yil ichida Internet tarmogʻidan foydalanuvchilar sonining 
jadal koʻpayishi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa interfaol onlayn 
platformalar ta’sirining kuchayishi, elektron toʻlov tizimlarining dinamik 
rivojlanishi va etakchi bozor ishtirokchilarining elektron tijorat uchun 
yangi texnologik platformalarga oʻtishi tufayli elektron tijorat bozori eng 
dinamik ravishda rivojlanmoqda
16
. (Web 1.0 dan Web 2.0-ga, soʻngra Web 
3.0-ga). 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin