160
2§
Internet buyumlari texnologiyasi
Reja:
1.
IoT ning vujudga kelishi
2.
IoT qurilmalari
3.
IoT texnologiyalari
Internet buyumlari
(Internet of Things-IoT) atamasi 1999 yilda
Massachusets universitetidagi “auto-id” markazining
uchta asoschilaridan
biri Kevin Eshton tomonidan taklif etilgan. Ushbu atamaning bir nechta
ta’riflari mavjud va ularning xech biri yetarli darajada aniq emas. Biz
Gartner tomonidan taklif qilingan ta’rifdan foydalanamiz:
52
“Internet buyumlari (IoT)
– tashqi muhit bilan oʻzaro aloqada
boʻlish, oʻzining holati toʻgʻrisida ma’lumot uzatish va tashqaridan
ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi oʻrnatilgan
texnologiyalarga ega
boʻlgan fizik ob’yektlar tarmogʻidir”. Internet buyumlarining ajralmas
qismi ularning industrial (yoki sanoat) internet buyumlaridir (Industrial
Internet of Things, IIoT).
Hozirda aylanmada “hamma narsa interneti” (Internet of Everything,
IoE) degan yangi atama paydo boʻldi, bu esa juda yaqin kelajakda Internet
buyumlari oʻrnida qoʻllanila boshlaydi.
3.6.-rasm. Internet buyumlari (IoT)
52
https://www.it.ua/ru/knowledge-base/technology-innovation/internet-veschej-internet-of-things-iot
161
1990 yilda TCP/IP protokoli asoschilaridan biri Jon Romki oʻzining
tosterini internetga ulab, uni masofadan turib yoqib qoʻydi. Ushbu qurilma
dunyodagi birinchi “internet buyumi” boʻldi.
Cisco korporatsiyasi
tahlilchilari fikriga koʻra, 2008 yildan 2009 yilgacha boʻlgan davrda,
internetga ulangan qurilmalar soni dunyo aholisi sonidan oshib ketdi.
IoT qurilmasi
Bugungi kunda internet minglab korporativ, akademik, davlat va uy
kompyuter tarmoqlaridan iborat. Turli arxitektura va topologiyalar
tarmoqlarining oʻzaro bogʻliqligi IP protokoli yordamida amalga oshiriladi.
Tarmoqning har bir a’zosiga (yoki bir guruh a’zolariga)
doimiy yoki
vaqtincha (dinamik) IP-manzil beriladi. Shunga oʻxshash tarzda, “internet
of things” bugungi kunda juda koʻp kuchsiz bogʻlangan tarmoqlardan
iborat boʻlib, ularning har biri oʻz muammolarini hal qiladi. Masalan, ofis
binosida bir vaqtning oʻzida bir nechta tarmoqlarni oʻrnatish mumkin:
konditsionerlarni, isitish tizimlarini, yoritishni, xavfsizlikni va boshqalarni
boshqarish uchun. Ushbu tarmoqlar turli xil standartlarga muvofiq
ishlashlari mumkin va ularni bitta tarmoqqa birlashtirish unchalik qiyin ish
emas.
Bundan tashqari, internet protokolining hozirgi (toʻrtinchi) versiyasi
(IPv4) atigi 4,22 milliard manzildan foydalanishga imkon beradi, bu esa
ularning ishlamay qolishiga olib keldi. Va
internetga ulangan har bir
qurilmaga alohida IP-manzil kerak emas (lekin u oʻziga xos identifikatorga
muhtoj), “internet of things”ning jadal oʻsishi bilan, manzillarning
yetishmasligi
muammoni
cheklovchi
omilga
aylanishi
mumkin.
Protokolning oltinchi versiyasi IPv6, uni tubdan hal qilishga yordam
beradi, ya’ni yer sharining har bir aholisiga 300
milliondan ortiq IP-
manzillardan foydalanish imkoniyatini beradi.
2020 yil jahon boʻyicha dunyoda bir-biriga bogʻlangan buyumlar 30-
50 milliard atrofida boʻlib, IPv6 protokolining manzilga murojaat qilish
imkoniyatlari internetdagi har qanday buyumni deyarli cheksiz aniqlash
imkonini berdi.
53
Dostları ilə paylaş: