162
Identifikasiya vositalari
Buyumlar internetida qatnashadigan moddiy dunyoning har bir
ob’yekti, hatto tarmoqqa ulanmagan boʻlsa ham, baribir oʻziga xos
identifikatorga
ega
boʻlishi
kerak.
Ob’yektlarni
avtomatik
identifikatsiyalash uchun turli xil mavjud tizimlardan foydalanish mumkin:
radio chastotali, ulardan foydalanishda har bir ob’yektga radio chastota
yorligʻi
biriktiriladi, optik (shtrixli kodlar, Data Matrix, QR kodlari),
infraqizil yorliqlar va boshqalar. Ammo har xil turdagi identifikatorlarning
oʻziga xosligini ta’minlash uchun ularni standartlashtirish boʻyicha ishlarni
bajarish kerak boʻladi.
Oʻlchov vositalari
Oʻlchov vositalarining vazifasi tashqi muhit toʻgʻrisidagi
ma’lumotlarni qayta ishlash moslamalariga uzatish uchun mos boʻlgan
ma’lumotlarga aylanishini ta’minlashdir. Bular alohida harorat, yoritish
kabilarning
datchiklari, shuningdek murakkab oʻlchash tizimlari boʻlishi
mumkin.
Oʻlchov vositalarining avtonomligiga erishish uchun
batareyalarni qayta zaryadlash yoki batareyalarni almashtirish uchun vaqt
va pulni sarflamaslik uchun sensorlarni alternativ energiya manbalari
(quyosh panellari va boshqalar) yordamida quvvat bilan ta’minlash
maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumot uzatish vositalari
Ma’lumot uzatish uchun mavjud texnologiyalarning ixtiyoriysidan
foydalanish mumkin. Simsiz tarmoqlardan foydalanganda ma’lumotlarni
uzatish ishonchliligini oshirishga alohida e’tibor beriladi.
Simli
tarmoqlardan foydalanganda elektr uzatish liniyalari orqali ma’lumot
uzatish texnologiyasi faol qoʻllaniladi, chunki koʻplab “buyumlar”
(avtomatlar, bankomatlar va boshqalar) elektr tarmogʻiga ulangan.
Ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari
2020 yilda internetga ulangan 30 milliard va undan ortiq qurilmalar
44 milliard terabayt ma’lumotni ishlab chiqaradi. Bu 2010-yillarda global
miqyosda raqamlashtirilgan ma’lumotlarning sonidan qariyb etti baravar
koʻpdir. Shu sababli Microsoft kompaniyasi internet buyumlarning asosiy
qismi sensorlar va ma’lumotlarni
uzatish vositalari emas, balki muayyan
holatlarga tezda javob berishga qodir (masalan, uydan chiqib ketilgandan
soʻng besh daqiqa davomida hech kim kirmaganligi va old eshik ochiq
163
qolganligini koʻrsatuvchi datchiklar) yuqori texnologiyali bulutli tizimlar
ekanligiga
ishonadi.
Ular
bulutli
texnologiyalar
bilan
raqobatlashmaydigan, ammo ularni samarali ravishda toʻldiradigan
mavhum hisoblashlarni, shuningdek, ulkan ma’lumot oqimlarini yengishga
yordam beradi.
Ijro etuvchi qurilmalar
Bular axborot tarmoqlaridan keladigan raqamli elektr signallarini
harakatga oʻtkazishga qodir qurilmalardir. Masalan, uydagi isitish tizimini
smartfon orqali yoqish uchun u mos keladigan qurilmaga ega boʻlishi
kerak. Ijro etuvchi qurilmalar aksariyat hollarda sensorlar bilan tizimli
ravishda birlashtirilgan boʻladi.
Buyumlar internetining yorqin istiqbollari
2020 yilga kelib buyumlar interneti turli sohalarga tatbiq etildi.
Avvalo, bu sanoat, transport (220 million ulangan mashina),
aqlli uy,
kommunal xizmatlar (milliardlab datchiklar, energiya yoʻqotishlarining
sezilarli darajada kamayishi), sogʻliqni saqlash (646 million odamlarning
sogʻligʻi toʻgʻrisida ma’lumot toʻplaydigan qurilmalar), qishloq xoʻjaligi
(tuproq
holatini
kuzatish
uchun
75
million
datchik)
sohalari
qoʻllanilmoqda. Bundan tashqari,
buyumlar interneti savdo, logistika,
umumiy ovqatlanish, mehmonxona, bank ishi, qurilish va qurolli kuchlarda
(126000 harbiy dronlar va robotlar) foydalaniladi
54
Dostları ilə paylaş: