O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti



Yüklə 41,22 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü41,22 Kb.
#184440
  1   2   3
Ayirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

BIOLOGIYA FAKULTETI

2-bosqich talabasi Nurmatova Uzukgulning Odam anatomiyasi fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Ayirish sistemasi filogenezi va buzilishlari


Tayyorladi: Nurmatova Uzukgul
Qabul qildi:__________________
Toshkent-2022

Mavzu: Ayirish sistemasi filogenezi va buzilishlari

Reja:

  1. Ayirish sistemasi haqida umumiy ma’lumot

  2. Buyrakalar va ularning anatomiyasi

  3. Buyrak yetishmovchiligi

  4. Buyrak sachig’i

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Ayirish sistemasi haqida umumiy ma’lumot
Odamda buyraklar, teri bezlari, o’pka vd ichak chiqaruv organidir. O’pka karbonat kislota, sup va ba’zi uchuvchan modadlar, masalan, narkoz vaqtida efir va xloroform bug’lari, alkogol buglari organizmdan O’pka orqali chikib ketadi. Ichak ba’zi ogir metallarning tuzlarini organizmdan chiqarib yuboradi. Chiqaruv organlari moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muhitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun ahamiyatlidir. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya’ni organizm ichki muxitining osmotik bosimini doim bir darajada va undagi ionlar tarkibini doimiyligini saqlashda qatnashadi. O’pka alveolalari va teri yuzasidan suv bug’lanishi gavda temperaturasini pasaytiradi va termoretulyatsiyada qatnashadi.
Embrionning 2-2,5 - haftalarida bosh buyrak yoki oldingi buyrak rivojlanadi. Birinchisi juda oddiy tuzilgan bo‘lib, embrionda hech qanday aunksiya bajarmaydi, bir necha kun davomida u yo‘qolib ketadi. Keyin oldingi buyrak o‘rniga birlamchi, buyrak hosil bo‘ladi. Birlamchi buyrak embrionning 4 haftaligidan rivojlana boshlaydi. Birlamchi buyrak ancha murakkab bo‘lib, unda aylanma kanallar, Shumlyanskiy-Bauman kapsulasi, Malpigi tugunchalari bo‘ladi. U embrion rivojlanishining birinchi yarim davridan ishlay boshlaydi. Birlamchi buyrak rivojlanishining 4-oyidan boshlab jinsiy organlarning rivojlanishida ishtirok etadi. U baliq va baqalarda funksiya bajaradi.
Doimiy buyraklar embrionning 2 oyligidan boshlab birlamchi buyrakdan pastroqda rivojlana boshlaydi. U murakkablashib, haqiqiy buyrakka aylanadi, haqiqiy buyrak embrion taraqqiyotining ikkinchi yarmidan ishlay boshlaydi, butun umr ishlashda davom etadi.
Buyrak bir juft bo‘lib, bel sohasida qorin bo‘shlig‘i pardasidan tashqarida bel umurtqalarining ikki yonida 12-juft qovurg‘alar oldida joylashgan. O‘ng buyrak chap buyrakka nisbatan 1-1,5 sm pastda joylashgan bo‘lib, uning ustida jigar bor. Buyraklar loviya shaklda bo‘lib, sirti pishiq biriktiruvchi tuzilma bilan qoplangan. Uning atrofida yog‘ bo‘lib, buyrakni silkinishdan, turtkilardan saqlaydi. Buyrakning vazni 100-120g, bo‘yi 12 sm, eni 6 sm, qalinligi 3-4 sm keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan bir oz qavariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq bo‘lib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyrakka buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi va siydik yo‘li chiqadi. Chetki qirrasi qavariq bo‘ladi.
Buyrakni orqa va old tomondan o‘ralgan fassiya tutib turadi. Buyrak tayanchida fassiya qon tomirlari, atrofdagi organlar va kapsuladagi yorning ahamiyati katta. Agar odam tez ozsa, yog‘ kamayib ketib, buyrak bir oz pastga tushadi. Keksalarning qorin bo‘shlig‘ida bosim kamayib ketishi tufayli buyraklar umuman bir oz pastda bo‘ladi.
Buyrakning frontal kesigida u 2 qavatdan: po‘stloq va mag‘iz qavatdan tuzilganligi ko‘rinadi. Buyrakning butun chetki qismini egallagan chetki po‘stloq qavati qizil-qo‘ng‘ir rangda, 5-7 mm qalinlikda bo‘lib, ichki oqish qismi mag‘iz moddasidan tuzilgan. Po‘stloq qavat ustunchalar shaklida mag‘iz qavatdagi 15-20ta piramidachalar orasida joylashadi. Po‘stloq qavatda Malpigi tuguni, Shumlyanskiy-Bauman kapsulasi, aylanma kanallar joylashgan. Mag‘iz qavatda buyrak piramidachalari, Genli qovuzlog‘i va siydik yig‘uvchi umumiy kanallar bo‘ladi. Buyrak piramidachalari orasida buyrak ustunchalari bo‘lib, ularda qobiq qismga boruvchi va ulardan qaytuvchi arteriya, vena qon tomirlari bo‘ladi. Piramidachalar asosi bilan po‘stloq qavatga, cho‘qqisi bilan buyrak ichiga qaragan bo‘ladi. Piramidachalarning uchi so‘rg‘ich shaklida bo‘lib, kichik kosacha bilan o‘ralgan. So‘rg‘ichning uchida ko‘p teshik bo‘ladi. Bu teshiklar siydik yig‘uvchi umumiy yo‘lning oxirgi uchidir. Kichik kosachalar voronka shaklida bo‘lib, ulardan 2-3 tasining qo‘shilishidan katta kosacha hosil bo‘ladi. Katta kosachalarning qo‘shilishidan buyrak jomi hosil bo‘ladi. Buyrakda hosil bo‘lgan siydik jomlardan siydik yo‘liga o‘tadi. Jomlarning devori 3 qavatdan: ichki-shilliq, o‘rta-muskul va tashqi - biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Buyrak yirik bez bo‘lib, qondan siydikni ayirib beradi. Bu funksiyani bajarishda uning mikroskopik tuzilishi muhim ahamiyatga ega.
Buyrak mikroskopda qaralganda ko‘rinadigan asosiy struktura birligi nefron deyiladi, u asosan po‘stloq qavatda joylashgan. Buyrakka kirgan buyrak arteriyasi tarmoqlanib, buyrak ustunchalari orqali po‘stloq qavatga ko‘tariladi. Po‘stloq bilan mag‘iz qismlar orasida yoy arteriya hosil qiladi. Yoy arteriyadan po‘stloq qavatga bir nechta radial arteriya chiqadi. Ularning juda ko‘p yon shoxlari bo‘ladi. Yon shoxlardan arteriya kapillyarlari kalavasi hosil bo‘ladi. U Malpigi tuguni deyiladi. Malpigi tuguni alohida Shumlyanskiy-Bauman kapsulasi bilan o‘ralgan. Kapsulaning devori 2 qavat bo‘lib orasi bo‘sh. Bu bo‘shliqning davomi qobiq qismda joylashgan aylanma kanalga ulanadi. U mag‘iz qavatga tushib, ko‘tariluvchi Genli qovuzlog‘ini hosil qiladi. Genli qovuzlog‘i piramidaning ichida joylashgan, u ko‘tarilib, qobiq qismda 2-tartib aylanma kanal hosil qiladi. Bu kanal siydik yig‘uvchi umumiy yo‘lga qo‘yiladi. Tugunchadan siydik yig‘uvchi umumiy yo‘lgacha bo‘lgan oraliq nefrondir. Bu kanalchalar hammasining devori bir qavatli kubiksimon epiteliydan — hujayralardan tuzilgan bo‘lib, u yerda siydik hosil bo‘ladi. Malpigi tuguniga kiruvchi va undan chiquvchi arteriyalar bo‘lib, birinchisi ikkinchisiga nisbatan ancha yo‘g‘on. Shuning uchun, tuguncha ichida bosim ortiq bo‘ladi. Qonning bir qismi kapsulaga filtrlanib o‘tib, chala siydik hosil bo‘ladi. Tugundan chiqqan arteriya aylanma kanallarda yana qaytadan kapillyarlarga ajraladi. Bu kapillyarlar kanal ichidagi chala siydikdan qonga kerakli moddalarni shimib olib, vena kapillyarlariga aylanadi. Venalar yig‘ilib, buyrak ustunchalaridan o‘tib, buyrak venasiga aylanadi va pastki kovak venaga qo‘yiladi. Kanallarda qolgan toza siydik siydik yig‘uvchi yo‘ldan o‘tib, piramidaning uchidagi teshik orqali kichik kosachaga, undan katta kosachaga va so‘ngra buyrak jomiga o‘tadi. Odam buyragida 2 millionga yaqin nefron bo‘lib, ularning umumiy ajratuvchi (ayiruvchi) yuzasi 5-8 m2 ga teng keladi, ya’ni sathi tana yuzasidan 3-5 marta ortiq. Nefronlarning qismi ishlab turadi, qolganlari fiziologik rezerv hisoblanadi.
Siydik yo‘li diametri 4-5 mm, uzunligi 30 sm bo‘lgan naydir. U buyrak jomining davomi bo‘lib, buyrakdan siydik pufagigacha davom etadi va orqa tomondan kelib unga tutashadi. Siydik yo‘lining devori 3 qavatdan: ichki – shilliq, o‘rta - muskul va tashqi - seroz qavatdan - tuzilgan. Muskul qavat ichkisi uzunasiga yo‘nalgan, tashqisi halqasimon yo‘nalgan muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul qavatning qisqarishi natijasida siydik buyrak jomidan siydik pufagiga o‘tadi. Siydik pufagi toq, organ bo‘lib, unda siydik to‘planadi. Uning hajmi 500-750 sm3 gacha yetadi. U kichik tos bo‘shlig‘ida qovuq suyagining orqasida joylashgan. To‘lgan siydik pufagi tuxumsimon bo‘lib, qovuqdan ko‘tarilib turadi. Uning ko‘tarilgan cho‘qqisi, oldinga yo‘nalgan tanasi va tubi farq qilinadi. Tubining orqa devoriga 2 ta siydik yo‘li ochiladi va undan siydik chiqarish kanali (yo‘li) boshlanadi. Siydik pufagining devori juda cho‘ziluvchan bo‘lib, yig‘ilgan holda 15 mm qalinlikda bo‘lsa, taranglashganda 2-3 mm bo‘ladi. Devorining ichi shilliq o‘rtasi muskul va tashqi qavati biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Shilliq qavatda juda ko‘p burmalar bo‘lib, siydik pufagi to‘lishi bilan ular yoyiladi (tekislanadi). Siydik yo‘lining ichida burmalar alohida qatlam hosil qilib, bu qatlam qopqoq rolini o‘ynaydi va siydik yo‘liga siydikni qaytib chiqarmaydi. Muskul qavati kuchli rivojlangan 3 qavat yo‘nalishda joylashgan. Pastki siydik yo’lida o’ziga hos psevdo ko’p qavatli epitiliy bo’lib u yuzaning ma’lum bir o’rganishlariga moslashishi mumkun. Maxsus epitiliy hujayralari yuzasi differensiyalanishining funksiyasiga bog’liq. Absorbsiyalovchi yoki secretor hujayralar uchun ular yuzasini oshiruvchi barmoqsimon plazmatik membranalar( mikrovorsinkalar) bo’ladi.
Tashqi va ichki qavatlari uzunasiga, o‘rtasi spiral holda yo‘nalgan bo‘ladi. Siydik chiqarish yo‘lining (kanalining) teshigi atrofida halqasimon muskullar bo‘lib, ular sfinkter hosil qiladi. Sfinkter siydik yig‘ilishida qisqarib, siydik chiqarilganda bo‘shashadi. Yangi tug‘ilgan bolada siydik pufagi duksimon bo‘lib, bir oz yuqoriroq joylashadi, keksalarda kengrok, bo‘lib pastga tushadi.
Siydik chiqarish kanali (urethra) ning uzunligi erkaklarda 18- 20 sm bo‘lib, u urug‘ chiqarish yo‘li bilan qo‘shilgan. Uning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan bo‘lib, u pastki qismda ko‘ndalang burma hosil qiladi. Bu qavatdagi juda ko‘p bezlar uni namlab turadi. Siydik chiqarish kanali 3 qismga: prostata, pardali va g‘ovak qismlarga bo‘linadi. Prostata qismi siydik pufagidan boshlanadi va prostata bezi bilan o‘ralgan bo‘ladi. Uning ichida urug‘ bo‘rtigi bor. Prostata bezida siydik pufagidan o‘tgan silliq muskullar bo‘lib, ular kanalning prostata qismida ichki ixtiyoriy sfinkter hosil qiladi. Pardali qismi juda kalta (0,5-1 sm) va ingichka. Bu qism muskullar yordamida qovuqqa tutashgan tashqi ixtiyoriy sfinkter hosil qiladi. o‘ovak qism eng uzuni bo‘lib, g‘ovak tana orasida joylashgan. Ayollarda siydik chiqarish kanali qisqa – 3-3,5 sm bo‘ladi. Ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan. U qin dahliziga ochiladi. Tashqi qismi ixtiyoriy muskullar bilan o‘ralgan sfinkter hosil qiladi.
Yukstaglomerulyar kompleks. Qon olib keluvchi arteriolaning koptokchaga kiradigan joyidagi dsvori qalin tortgan. bu joy mioepiteliy xujayralaridan tuzilgan bulib, yukstaglomeru.hhr (koptokcha oldi) kompleksi deb ataladi. Bu kompleks xujayralari ichki sekresiya funksiyasini utaydi: buyrakdan qon utishi kamayganda renip ishlab chiqaradi, bu modda arterial bosim mikloriii boshkaradi.
1844 yildayoq K.Lyudvig siydik xosil bulish protsessi koptokchalarning kapillyarlari depori orqali ruy beradigan filtratsiyadan va kanalchalarda ruy beradigan reabsorbsiya qayta so‘rilishdan iborat deb ataladi. A. Keshni siydik hosil bo‘lishining fil’tratsiya reabsorbsiya nazariyasini yaratgan. Koptokcha kapillyarlari orqali utadigan qon plazmasidan Shumlyanskiy-Bouыen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha moddalar (yukori molekulali birikmalardan tashkari) filtrlapib utadi. Koptokchalardagi filtratsiya endoteliydagi tsshiklar,bazal membraia na kapsulaning ichki devoridagi epiteliy xujayralari orasidagi yorikdar orqali ruyobga chikadi. Bu filtr diametri taxminan 100 apgstremgacha bulgan molekulalarni utkazadi. Molskulyar ogirligi 70 mingdan ortiq bulgap kattagina zarralar bu filtrdan utmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekulyar ogirligi 160 mingdan ortiq), yoki kazein (molekulyar ogirligi 100 000 ortiq) kabi yukori molekulali oqsillar filtratga o’tmaydi.
Buyraklar faoliyatining boshqarilishi. Giiotalamusning sutgraoptik yadrosidan impulslar gipofizning orqa bulagiga borib, antidiuretik gormon sekresiyasini kuchaytiradi, Antidiuretik gormon qonta ugib, siydikiing qaita surilishini kuchaytiradi va shu bilan diurezni kamaytiradi. Bu gormon buyrakdagi yshuvchi naylar devorining utkazuvchanligini oshiradi, natijada suv siydikdan buyrakning magaz kavtidagi tuzima suyukligiga va r;onga utadi.
Gialuronidaza fermenti ta’sirida yig’uvchi naylar o‘tkazuvchanligi ortadi. Yig’uvchi naylar devoridagi xujayraaro modda tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini gialinuronidaza fermenti depolimerlaydi. Gialuron kislotasi dyopolimerlanganda yiguvchi naylarning devori govak bulib suvni utkazib yuboradi. Gialuronidaza antidiuretik gormon ta’sirida aktivlanadi yoki yiguvchi naylar epiteliyida qosil buladi, natijada sup surilishi kuchayadi. Gialuronidaza ingibitorlari (geparin, askorbin kislota) uz ta’siri jiqatdan, antidiuretik gormonning antagonistlari bulib, siydik bilan suv chiqishini juda x;am kuchaytirib yuboradi.
Gipofiz orqa bo’lagining gipofunksiyasida antidiuretik gormon yetarli yoki butunlay ishlaiib.chiqmagaii uchu.n. boya. aytilgan boshqaruvchi mexanizm ishlamay krladi. Nefron distal kismlarining devori butunlay suv utkazmay quyadi va buyrak siydik bilan bir talay suv chinara yooshlaydi. Bunday Lollarda sutkasiga 20-25 l gacha siydik chikishi mumkin. Gipofizning orqa bula'gidan aytidiuretik gormon chshdlshini gippotalamus yadrolari bopщaradi. Buyrak usti bezlari magiz qavtining gormoni -adrenalin xdm diurezga ta’sir kursatadi, Buyrak tomirlariga ozgina adrenalin yuborilganda buyrak xdjmi katgalashadi va arterial tomirlar torayadi qamda koptokchalaridagi filtratsion bosim oshib ketadi. Katta dozadagi adrenalin buyrakkl keluvchi tomirlarni qam toraytiradi, natijada koptokchalarga qon kelishi kamayib, diurez gu-xtaydi. Buyrak usti bezlari pustloq qavatining ba’zi gormonlari aldosteron dezoksikortikosteron kanalchalar epiteliysiga ta’sir etib, natriy surilishini kuchaytiradi. Buyrak usti bezlarining kassallanipga yoki olib tashlanishi natijasida bu mexanizm yuqolib, siydik bilan bir talay natriy chikib ketadi va organizm og’ir axvolga tushadi.
24 soat davomida buyrakda 180 l ultrafiltrat (birlamchi siydik) xosil buladi. Uning 99% tubulyarno kayta suriladi. kayta surilish axamiyati shundan iboratki, modda almashinuvi natijasida xosil bulgan chikindi maxsulotlar bilan birlamchi siydikka suv, elektrolitlar, glyukrza, oksil, peptid, aminokislotalar va boshka moddalar bor. Bular esa organizmning uziga kerak bulganligi uchun kayta surilishi kerak.
Birlamchi siydikda, sig odamlarda oksil bulmaydi, chunki u klubochka kapillyarlari devori orkali utmaydi va shuning uchun boumen kapsulasiga uchramaydi. Fakat buyrak kasallanganda uning kapillyarlar devori utkazuvchanligi uzgarib va morfologik uzgarishlar tufayli kon plazmasidagi oksil va albumin siydik orkali chiqishi mumkin.
Birlamchi siydik boumen kapsulasi orkali, buyrak kanalchalaridan utib yiguvchi naychalar tarafiga konga kayta uz tarkibidagi maxsulotlarni beradi. konga kayta suriladi, kup mikdordagi suvni (birlamchi siydik kuyuklashadi) va shuningdek suvda eriydigan ba’zi bir moddalar (glyukoza, aminokislotalar, tuzlar va boshkalar). Buyrak naychalaridan konga kayta surilmaydi. Modda almashinuvida xrsil bulgan moddalar (siydikchil, kreatin, siydik kislota va boshkalar) va ularning mikdori suvni kayta surilgani uchun kisman yukori buladi.Birlamchi siydikdan suvni va ba’zi bir suvda eriydigan moddalarning kayta surilishi natijasida ikkilamchi siydik xosil buladi, kaysi birki yiguvchi naycha tuplanib, chashka, loxanka va siydik yullari orqali siydik xaltasiga to’planadi.
Odam organizmida 24 soat davomida taxminan 1,5 litr siydik xosil buladi va tashkariga chikadi. Xosil bulib chikadigan siydik mikdori kun davomida ichilgan suyuklik mikdoriga boglik. Agar suv kam ichilgan takdirda sutka davomida siydik 0,5 litrni tashkil kilishi mumkin va aksincha, agar kup mikdorda suv iste’mol kilinsa, uning mikori 2-3 litr buladi.
Terlash orqali suyuklik chikkanligi sababli (97-98% suv), siydik xosil bulib chikishi kamayadi va bu xolatda erigan moddalar mikdori kupayadi. Kundalik siydik mikdori kamayishi oliguriya va kupayishi - poliuriya deb nomlanadi. Siydik xosil bulib chikmaslik xolati oliuriya deb nomlanadi va bu organizmni zaxarlanib ulimga olib kelishi mumkin.
Siydik xajmi vazifasini bajarayotgan buyrak klubochkalariga bog’liq (u yerda birlamchi siydik xosil buladi). Normal sharoitda klubochkalarning xammasi emas, kisman mikdori uz vazifasini bajaradi. Uning miqdori qancha ko’p bo’lsa, shuncha ko’p miqdorda siydik xosil bo’ladi.
Organizm a’zolarida shish paydo bo’lsa, suyuklik to’planib qolganligi tufayli, siydik xosil bulishi kamayadi. kayta surilish buzulsa, suvning mikdorini kuplligi tufayli siydik solishtirma og’irligi o’zgaradi (1,010-1,025 dan kam buladi). Siydik kup xosil bulib chikkanda uning rangi kisman sarik rang bo’lib, siydik miqdori kamligida to’qrok rang buladi.
Siydik tarkibiga 100 dan ortiq turli narsalar kiradi. Ularning bir kismi organik bulmagan, ba’zi biri organik moddalardir. Kun davomida odam organizmidan siydik orkali 15-25 gr mineral moddlar (tuzlar) chiqadi.

Yüklə 41,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin