O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti



Yüklə 41,22 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü41,22 Kb.
#184440
1   2   3
Ayirish

Buyrak yetishmovchiligi — buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Toʻsatdan (oʻtkir)yoki sekin-asta (surunkali)roʻy beradi.Koʻp qon yoʻqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga moye kelmaydigan qon quyish,tok urishi,septik abort va boshqa;dorilar va boshqa metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi;siydik yoʻlining oʻsma yoki buyrak toshlari bilan bekilib qolishi, shikastlanish tufayli ikkala buyrak zararlanishi oʻtkir Buyrak yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin.Oʻtkir Buyrak yetishmovchiligida buyrak faoliyati,xususan azot,suvtuz va boshqa moddalar almashinuvi izdan chiqadi,bunda siydik kam ajraladi,ogir hollarda butunlay ajralmay qoladi (anuriya,uremiya).Qonda siydikchil (mochevina)miqdori koʻpayadi,organizmning siydikdan zaharlanishi kuzatiladi;teri osti,qorin va koʻkrak qafasida suyuqlik toʻplanadi (suvdan semirish).Surunkali Buyrak yetishmovchiligi asosan buyrak va siydik yoʻlining uzoq davom etadigan kasalliklari (glomerulonefrit,piyelonefrit,sil,buyraktosh kasalligi va boshqalar)oqibati boʻlib,buyrak toʻqimasining bujmayishi (nefroskleroz)yoki xaltasimon kengayishi (gidronefroz)bilan davom etadi. Tashnalik,ogʻiz qurishi,teri qurukshab qichishishi,qusish,kamqonlik;nafas aʼzolari,yuraktomirlar va meʼdaichak faoliyatining buzilishi alomatlari kuzatiladi. Siydikning nisbiy zichligi kamayib,miqdori esa ortadi.
Davosi:oʻtkir Buyrak yetishmovchiligida bemor kasalxonada davolanadi ("sunʼiy buyrak" apparati bilan qon tozalanadi,kislotaishqor,suvtuz almashinuvi rostlanadi);surunkali shaklida parhez va dori-darmonlar qoʻllaniladi,gemodializ oʻtkaziladi.Kechiktirilgan hollarda buyrak koʻchirib oʻtkaziladi (q. Transplantatsiya).
Buyrak sanchigʻi — buyrakning ayrim kasalliklari belgisi.Birdaniga belda qattiq ogʻriq turadi,baʼzan u chov sohasiga,songa,jinsiy aʼzolarga tarqaladi.
Ogʻriqning zoʻridan bemor oʻzini qoʻygani joy topa olmay qoladi.Baʼzan sanchiq aqtida kasal botbot siyadi (butoshning siydik nayining qovuq oldi yoki qovuq ichida turganini bildiradi),qayt qiladi,yel chiqmaydi,qorni dam boʻladi,harorati koʻtariladi,taxikardiya,qonda leykotsitoz,ECHT tezlashadi.Buyrak sanchigʻi koʻpincha siydiktosh kasalligida,siydik yoʻllarida tuzlar toʻplanib qolganda, gidronefroz,nefroptoz,buyrak sili hamda siydik nayi va buyrakning boshqa kasalliklari natijasida yuzaga keladi.Buyrak sanchigʻi ni oʻzga xastaliklardan farqlashda urografiya juda qoʻl keladi.Sanchiq qayerda va qay tarzda boʻlishidan qati nazar darhol tez yordam chaqirish lozim.Chunki qorin boʻshligʻining boshqa oʻtkir jarrohlik kasalliklarida ham shunday sanchiq boʻlishi mumkin.Bunday hollarda kasallikni aniqlamasdan turib,oʻz bilgicha issiq yoki turlicha dori-darmonlar qilish yaramaydi,aks holda tuzatib boʻlmaydigan ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin."Tez yordam" kelguncha papaverin,noshpa yoki platifillin tabletkalarini berish yoki inʼyeksiyalarini qilish mumkin.


Xulosa
Ovqat tarkibida iste'mol qilingan oqsil,yog',uglevodlar,suv,tuzlar me'da-ichaklardan qonga so'rilib,jigarga boradi,unda keraksiz (zaharli)moddalardan tozalangach,yana qon orqali ta¬naning barcha to'qima va hujayralariga tarqaladi.Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib,parchalanadi.Bu jarayonIar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydikkislota,qoldiq azot,mochevina,kreati¬nin,karbonat angidrid kabilar)hosil bo'ladi.Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga o'tib,ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.Shunday qilib,ayirish odam organizmi uchun muhim fiziologik jarayon bo'lib,uning natijasida organizm moddalar almashinuvida hosil bo'lgan qoldiq moddalardan uzluksiz ravishda tozalanib turadi.
Ayiruv organi bo’lgan buyraklarda: oʻng buyrak tepasida jigar borligi tufayli,chap buyrakga nisbatan bir oz pastroqda yotadi.Buyrakning yuqori uchi umurtqaga yaqin,pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq boʻladi.Buyrakningning umurtqaga qaragan ichki tomoni oʻrtasida botiq joy boʻlib,u buyrak darvozasi deyiladi.Buyrakning botiq yuzasiga buyrak jomi taqalib turadi.Buyrak darvozasidan buyrak arteriyasi va nervlar kirib,vena,limfa tomirlari va siydik yoʻli chiqadi.Bularning hammasi birgalikda buyrak oyoqchasi deb ataladi.Buyrak ichida buyrak usti bezlari bor.Moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan buyrak orqali chiqib ketadi.Shu bilan birga buyrak organizm uchun zarur miqdordagi suv va mineral tuzlarni saqlab,tashqariga chiqarmay qoʻyadi.Organizmning ichki muhitini taʼminlaydi.Buyrak siydik bilan birgalikda siydikchil (mochevina),siydik kislota,tuzlar va suvni chiqarib turadi.Buyrakda biologik faol moddalar (renin,prostoglandin va boshqalar)hosil boʻlib,ular qon tarkibi,qon ivishi va qon bosimini maromga solib turadi.
Ayirish sistemasi inson organizmidagi eng muhim sistemalardan biri hisoblanib u tufayli inson organizmi zaharli moddalardan halos bo’ladi.

Yüklə 41,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin