O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə113/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

5.1.5-teorema. Butunlik sohasining xarakteristikasi faqat nolga yoki tub songa teng bo‘ladi.
Isbot. Faraz qilaylik, R butunlik sohasi chekli xarakteristikaga ega bo‘lib, u murakkab n soniga teng bo‘lsin. U holda n = n1n2, 1 < n1, n2 < n hamda ixtiyoriy a ∈ R uchun na = 0, xususan n1 = 0. U holda 0 = n1 = (n1n2)1 = (n11)(n21) bo‘ladi. R nolning bo‘luvchisiga ega bo‘lmaganligi uchun n11 = 0 yoki n21 = 0. Agar n11 = 0 bo‘lsa, u holda ixtiyoriy a ∈ R uchun n1a = n1(1a) = (n11)a = 0. Bu esa, halqaning xarakteristikasi n ekanligiga, ya’ni n ning minimalligiga zid. Xuddi shunday, n21 = 0 ekanligidan ham ziddiyat kelib chiqadi. Demak, n tub son.
Endi halqaning nilpotent va idempotent elementlari tushunchalarini kiritamiz.
5.1.8-ta’rif. Agar halqaning a ∈ R elementi uchun a2 = a shart bajarilsa, u holda bu element idempotent element deb ataladi. Agar qandaydir n natural son uchun an = 0 bo‘lsa, u holda bu element nilpotent element deb ataladi.
Halqaning nilpotent va idempotent elementlari uchun quyidagi sodda xossalar o‘rinli.


  1. Agar a ∈ R element idempotent bo‘lsa, u holda u nilpotent emas.



  2. Agar a ∈ R element nilpotent bo‘lsa, u holda u teskarilanuvchi emas.








  1. Agar a ∈ R element nilpotent bo‘lsa, u holda u nolning bo‘luvchisi bo‘ladi.



  2. Agar R kommutativ halqa bo‘lib, a va b elementlar nilpotent bo‘lsa, u holda



a + b ham nilpotent bo‘ladi.



  1. Agar R birlik elementli, nolning bo‘luvchilariga ega bo‘lmagan halqa bo‘lsa, u holda halqaning 0 va 1 dan boshqa idempotent elementlari mavjud emas.



5.1.11-misol. Z12 halqaning idempotent elementlari 0, 1, 4 va 9, nilpotent ele- mentlari esa 0 va 6 lardan iborat bo‘ladi.



      1. Bul va regulyar halqalar



Biz endi ba’zi muhim halqalarni, ya’ni Bul va regulyar halqalarni keltirib o‘tamiz.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin