O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Sh.A.Ayupov, B.A.Omirov, A.X.Xudoyberdiyev
ABSTRAKT ALGEBRA
(o‘quv qo‘llanma)
Toshkent – 2021
Maskur o‘quv qo‘llanma “Matematika” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va ma- gistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Matematika” yo‘nalishi o‘quv rejasidan joy olgan Algebra kursi va “Matematika” magis- tratura mutaxassisligi o‘quv rejasidagi Abstrakt algebra fanlari asosida yozilgan. Qo‘llanmada gruppalar nazariyasiga doir dastlabki ma’lumotlardan tortib, ushbu nazariyaning qo‘shimcha boblari hisoblangan nilpotent va yechiluvchan grup- palar hamda Silov teoremalari ham keltirilgan. Qo‘llanmada halqalar va ideallar nazariyasi batafsil keltirilib, ideallarning turlari va xossalari ham keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari, o‘quv qo‘llanmada algebraning juda muhim nazariyalaridan biri bo‘lgan Galua nazariyasi batafsil yoritilgan.