O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

BOB 1



Gruppalar nazariyasiga kirish
Sonlar to‘plami va ularda aniqlangan qo‘shish va ko‘paytirish amallari algebraik sistemalarga eng dastlabki misollar bo‘la oladi. Masalan, natural, butun, rat- sional, haqiqiy va kompleks sonlar to‘plami qo‘shish va ko‘paytirish amallari bilan birgalikda algebraik sistema tashkil qiladi. Lekin barcha sonlar to‘plami ham ushbu amallarga nisbatan algebraik sistema bo‘lavermaydi, masalan manfiy son- lar to‘plami ko‘paytirish amaliga nisbatan algebraik sistema emas, chunki ikkita manfiy sonning ko‘paytmasi musbat son bo‘ladi. Shuningdek, irratsional sonlar to‘plami qo‘shish amaliga nisbatan algebraik sistema bo‘lmaydi, chunki ikkita irratsional sonning yig‘indisi ratsional son bo‘lib qolishi mumkin. Haqiqiy son- lar ustidagi qo‘shish va ko‘paytirish amallari binar amallar hisoblanib, gruppa tushunchasi ham biror to‘plamda aniqlangan binar amal yordamida kiritiladi. Umiman olganda algebraik amal deganda nafaqat binar amal, balki n-ar amallar ham tushuniladi.
    1. Binar amal, yarim gruppa, monoid va gruppalar

Bizga bo‘sh bo‘lmagan A to‘plam va A × A dekart ko‘paytma berilgan bo‘lsin. A × A dekart ko‘paytmani A to‘plamga o‘tkazuvchi ∗ : A × A A asklantirish berilgan bo‘lsa, u holda A to‘plamda binar amal aniqlangan deyiladi. Ushbu (A, ∗) juftlikka esa algebraik sistema yoki gruppoid deb ataladi. Odatda (a, b) elementning bu akslantirishdagi qiymati ab, a · b yoki ab kabi belgilanadi.


1.1.1-misol.



      • Bizga biror A to‘plam berilgan bo‘lib, ushbu to‘plamdan olingan ixtiyoriy x va y elementlar uchun x y = x ko‘rinishda aniqlangan amali binar amal bo‘ladi.
      • N natural sonlar to‘plamida quyidagi amallar binar amal bo‘ladi:


+, ·, max, min, EKUB, EKUK,


7


ya’ni qo‘shish, ko‘paytirish, ikki sonning maksimumi, minimumi, eng katta umumiy bo‘luvchisi va eng kichik umumiy karralisi.
      • Z butun sonlar to‘plamida qo‘shish (+) va ko‘paytirish (·) amallari binar amal bo‘ladi.


      • [a, b] kesmada uzluksiz bo‘lgan barcha funksiyalar fazosi C[a, b] da ixtiyoriy f, gC[a, b] funksiyalar uchun (fg)(x) = f (g(x)) kabi aniqlangan amal binar amal bo‘ladi.




1.1.1-ta’rif. Agar (S, ∗) algebraik sistemada ixtiyoriy a, b, cS elementlar uchun assosiativlik xossasi, ya’ni
(ab) ∗ c = a ∗ (bc)

tenglik o‘rinli bo‘lsa, u holda (S, ∗) algebraik sistemaga yarim gruppa deyiladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin