Jarayonni takomillashtirish: Yangi texnologiyalar korxonalarga oddiy jarayonlarni avtomatlashtirishga va murakkab jarayonlardagi oraliq bosqichlarni yo'q qilishga imkon beradi. Bu korxonalarning moslashuvchanligini oshiradi, ular endi o'z kadrlar resurslaridan ancha samarali foydalana oladilar.
Yangi daromad manbalarini izlash: Yangi texnologiyalar paydo bo'lishi bilan, ishlashning yangi usullari izlab topialdi. Mijozlarga jarayonga jalb qilish orqali xizmat ko'rsatish: bugungi mijozlar korxonalardan ularning fikrlarini tinglashlarini va o'ziga xos ehtiyojlarini qondirishlarini kutishadi. Zamonaviy texnologiyalar asosida bu muammolarni hal qilish mumkin. Raqamli ma'lumotlardan samarali foydalanish uchun korxonalar yangi paydo bo’lgan texnologiyalarni sotib olib joylashtirishi, sinovdan o'tkazishi va foydalanishi kerak
Har bir korxonada raqamli transformatsiya jarayoni turlicha bo’lishiga qaramay, barcha uchun umumiy bo'lgan jarayonlar mavjud:
Korxonaning barcha biznes ehtiyojlarini inobatga olgan holda reja tuzish: raqamli transformatsiya jarayonining boshida rivojlanish yo'nalishlarini, shuningdek, ushbu rivojlanishga yordam beradigan texnologiyalar majmuini aniqlash juda muhim. Shu bilan birga, korxonalar o'z resurslarining inventarizatsiyasini o'tkazishi, modernizatsiya qilishni talab qiladiganlarni ajratib ko'rsatishi kerak. Bu bosqichda, hatto biznesning yangi ehtiyojlariga javob beradigan loyihalarni birinchi o'ringa qo'yish, shuningdek, raqamli transformatsiyaga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni aniqlash mumkin.
Xodimlarga yangi texnologiyalar bilan ishlashni o'rgatish: Bu jarayon murakkab bo'lishi mumkin, chunki an'anaviy biznes modellarda xodimlar ko'p yillar davomida ishlatilib kelinayaotgan aniq tizimlarni bilishlari kerak edi. Raqamli transformatsiyaning muvaffaqiyatli bo’lishida samaradorlikka erishish uchun xodimlar ish jarayonidagi har qanday o'zgarishlarga tayyor bo'lishi kerak. Bu tayyorlik ijodiy fikrlash qobiliyatini, yangi texnologiyalardan foydalanishni samarali bilishni anglatadi.
Eskirgan texnologiyalardan voz kechish: ko'pincha korxonalar mablag’ni endi daromad keltirmaydigan va bozorda talab qilinadigan raqamli jarayonlarni qo'llamaydigan eskirgan texnologiyalarni qo'llash va saqlash uchun sarflaydilar. Bueski texnologiyalarni yangilash qiyinligi va juda qimmatga tushishi bilan asoslanadi. Eski texnologiyalarni saqlab qolish korxonaning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Eski texnologiyalarni saqlash uchun foydalanish osonroq, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshiradigan hamda ma'lumotlarni tahlil qilishni tezlashtiradigan yangi texnologiyalarga nisbatan ko’p mablag’ sarflanadi.
Raqamli transformatsiya strategiyasilari
Raqamli transformatsiya strategiyasining uchta asosiy komponentasi mavjud: 1. Qo'lda bajariladigan jarayonlarni raqamli shaklga o'tkazish. Raqamlashtirish intellektual texnologiyalarni mavjud biznes jarayonlariga integratsiyalashni talab qiladi. Avval analog hujjatlar va aktivlarni raqamli ma'lumotlarga aylantirish kerak. Keyin jarayonlarni optimallashtirish usullarini topish kerak. Misol uchun, mavjud qurilmalar va mashinalarni Internet tarmog'iga integratsiya qilish uchun ularni shlyuzlar va sensorlar bilan ta'minlash kerak.
2. Aqlli texnologiyalarni amaliyotda joriy etish. Sun’iy intellekt, mashinali ta’lim va kengaytirilgan analitika kabi texnologiyalar murakkab ma’lumotlar tahlili, real vaqt rejimini avtomatlashtirish va o‘qitishning murakkab algoritmlarini qo‘llashga ruxsat beradi. Biroq, faqat texnologiya yetarli emas. Analitik axborot va imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish uchun kompaniyalar xodimlarning ushbu intellektual texnologiyalardan to’liq foydalanishlari va ish jarayonida maksimal natijaga erishish uchun yangi texnologiyalar bo’yicha o’qitish va o’rgatish kurslarini tashkil etishlari kerak.
3. Korporativ madaniyat o'zgarishini boshqarish. Garvard Business Review tomonidan o'tkazilgan so'nggi so'rov natijalariga ko'ra, rahbarlarning 63 foizi korporativ madaniyat muammolarini raqamli transformatsiya yo'lida asosiy to'siq deb hisoblaydi. Kompaniyalar o'zgarishlar oson ish emasligini anglab yetgach, o'zgarishlar imkon qadar muvaffaqiyatli bo'ladi.
Boshqa sanoat sohalarda raqamli transformatsiya