O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Behbudiy 1908 –yilda qanday qo’llanma yaratdi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   187
17. Behbudiy 1908 –yilda qanday qo’llanma yaratdi?
Behbudiy 1908-yilda “Kitobat ul – atfol “( “Bolalar uchun yozuv kitobi”) 
qo’llanmasini yaratib, nashr etadi. Bunda ish yuritish qoidalari, har xil rasmiy va 
xususiy xatlar yozish yo’l-usullari, tinish belgilar xususida fikr yuritiladi, 
namunalar beriladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgachgina bizda shunday ish 


yuritishga doir qo’llanma paydo bo’ldi. Behbudiy esa, o’sha vaqtlardayoq bu 
muhim masala mohiyatini tushunib yetgan edi. Behbudiy o’n sakkiz moddada “xat 
yozmoq shartlarini” tushuntiradi; maqsad-niyatni aniq, qisqa, serma’no, tushunarli 
so’z va iboralar bilan, odob va hurmat ruhida yozmoq kerakligini ta’kidlaydi. 
Behbudiy “har til va lug’at so’zini o’z qoida va imlosi ila yozmoq lozim”, 
turkiycha yozilur ekan va bir iboraning turkiysi bo’lib turib oni o’rniga rusiy va 
yo ajnabiy ismini yozmoqni ahli donish man’ qiladurlar”, deydiki, bu talab hozir 
ham o’z qimmatini to’la saqlab qolgan. 
18. 
“Arabiy til din uchun ne darajada lozim bo’lsa, rusiy ham tiriklik va 
dunyo uchun lozimdir. Arabiy bilmasang din, ruscha bilmasang, dunyo 
qo’ldan ketar”. Ushbu fikrlarni kim qaysi asarida aytgan? 
 
Mahmudxo’ja Behbudiy yuqoridagi fikrlarni ” Ikki emas, to’rt til lozim “ 
(1913 ) nomli maqolasida aytgan. Allomaning o’zi arab va fors tillarini yaxshi 
bilgan, rus tilini tushungan, gaplasha olgan. Behbudiyning qiziqish va bilim doirasi 
shu qadar keng ediki, u Turkistonning hamma jihatiga – siyosiy va ijtimoiy ahvoli, 
iqtisodiy va madaniy holati, buguni va ertasiga g’oyat qiziqib qaradi, o’zini shu 
xalq, shu yurtning taqdiriga javobgar shaxslardan biri deb his qildi. 
 
19. Jadid dramaturgiyasi va teatrining boshlovchisi kim?
Mahmudxo’ja Behbudiy 1911-yilda “Padarkush” (yoki “O’qimagan 
bolaning holi”) dramasini yozish bilan adabiyotda o’ziga xos yangilik yaratdi. 
Shuni aytish kerakki, “Padarkush” dramasida inqilobiy g’oyalar emas, ma’rifat-
chilik, komillik qarashlari olg’a surilgan. Pyesada chorizm mustamlakachilik 
siyosatini fosh etuvchi va qoralovchi fikr-mulohazalar yo’q bo’lishiga qaramay, 
1913-yilgacha asarni sahnalashtirish yoki nashr etishga ruxsat berilmadi.
“Padarkush” 1913-yilda o’zbek va tojik tilida chop etildi. Ko’p o’tmay, 
Samarqand, Toshkent, Buxoro, Andijon, Namangan, Qarshi, Qo’qon shaharlaridagi
teatrlarda sahnalashtirildi. Hamma joyda tomoshabinlar pyesani olqishlar bilan kutib 
oldilar. Buning ikkita sababi bor: birinchidan, o’sha vaqtlarda xalq millat ahli uchun 
tamomila yangilik bo’lmish teatr san’atiga g’oyat tashna edi. Ikkinchidan, asarda 
o’sha davr hayoti uchun xos voqea ko’rsatilib, ko’pchilikni qiziqtiradigan ezgu 
g’oyalar, ibratli fikrlar aks ettirilgan edi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin