O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Hozirgi adabiy jarayon haqida nimalar deya olasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187
 
15. Hozirgi adabiy jarayon haqida nimalar deya olasiz?
 
Hozirgi adabiy jarayon, ya’ni istiqlol davri o’zbek adabiyoti bir qator o’ziga 
xos jihatlarga ega bo’lgan alohida badiiy-estetik hodisadir. Bu davr adabiyoti 
hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub 
hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo’lgan adabiyotdir. Adabiyot 
ijodkorning ko’ngil ishiga aylandi va aylanmoqda. 
Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko’nglini, ruhiyatini 
tasvirlashga e’tibor qaratmoqda. Natijada, inson asosiy badiiy qadriyatga aylanib 
bormoqda. Bu davr she’riyatida o’tkir gap aytish, o’quvchiga aql o’rgatish emas, 
balki inson ruhining murakkab manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. 
Zamonaviy nasr va dramaturgiya ham bugungi o’zbek adabiyoti mavqeini yuqori 
pog’onaga ko’tarishda yetakchilik qildi. She’riyatda Abdulla Oripov, Rauf Parfi, 
Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Ikrom Otamurod, Muhammad Yusuf, Faxriyor, 
Sirojiddin Sayyid, Salim Ashur, Iqbol Mirzo; nasrda Shukur Xolmirzayev, O’tkir 
Hoshimov, Omon Muxtor, Tohir Malik, Murod Muhammad Do’st, Xayriddin 
Sultonov, Xurshid Do’stmuhammad, Nazar Eshonqul, Ulug’bek Abdulvahob; 
dramaturgiyada Odil Yoqubov, Erkin Samandar, Usmon Azimov asarlari 
yutuqlarga boy bo’ldi. 
MAVZU: YANGI O’ZBEK ADABIYOTI NAMOYANDALARI.
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY 
 
16. “Oyina” jurnali asoschisi kim? Uni qaysi tillarda chiqarmoqchi bo’lgan? 
“Oyina” jurnali 1913-yilda Mahmudxo’ja Behbudiy tomonidan nashr etilgan 
(Behbudiy shu yili “Samarqand” gazetasini ham chiqargan). Jurnal Turkistonda 
ijtimoiy fikrning taraqqiyotida juda katta ahamiyatga molik bo’ldi. Jurnalning 
birinchi sonida Behbudiyning o’zi “Oyina” shunday bir narsaki, odam unga o’zini 
ko’rish, yuzining qandayligini bilish uchun qaraydi. Yuzi turli fizik va psixik 
omillar ta’sirida qizil, sariq, qora yoki oq bo’lishi mumkin. Kishi oyinaga 
nogahoniy payqab qolishi mumkin bo’lgan dardlarini davolash uchun qaraydi”,- 
deydi. 
Behbudiyning o’zi arab, fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini tushungan, 
gaplasha olgan. “Oyina”ni to’rt tilda – turkiy, forsiy, arab va rus tillarida 
chiqarmoqchi bo’lgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin