O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187
Mavzu: HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY 
 
38. Hamzaning o’qish yillari va ijodining boshlanishi haqida nimalar bilasiz? 
 
Hamza 1899-1906-yillarda madrasada o’qiydi, 1908-yilda esa Namanganga 
borib, 7-8 oy davomida tahsil ko’radi. O’sha davrda Orenburg va Ufada chiqib 
tirgan gazeta va jurnallar bilan tanisha boradi.
Hamzaning adabiyotga bo’lgan havasi 1897-1898-yillarda boshlandi. Hamza
Hofiz, Bedil, “Yusuf va Ahmad” risolalarini ota-onasiga o’qib berar ekan, ular 
yordamida bu asarlar mazmunini ham o’zlashtirib boradi. Shu tariqa unda badiiy 
ijoda qiziqish paydo bo’ladi, 10 yoshidan boshlab she’r yoza boshlaydi.
39. Hamzaning qanday darsliklarini bilasiz? 
 
Hamza maktab ochib, o’zi unda dars beribgina qolmay, ayni chog’da, 
“Yengil adabiyot”, “O’qish kitobi”,”Qiroat kitobi” (1914-1915) kabi darsliklarni
ham yozdi. Hatto o’z maktablarida “Pervaya kniga”ni ham o’qitadi, mehnatkash 
bolalarni bepul o’qitadi. Shoirning maorif-o’qitish ishlaridagi yutug’i shunda 
bo’ldiki, u xalqni ilmga, maorifga, madaniyatga targ’ib qila bildi. Biroq 
Hamzaning bunday xalqparvarlik, ma’rifatparvarlik harakatlari mustamlakachi va 


mahalliy amaldorlar tomonidan qarshilikka uchraydi. Bundan norozi bo’lgan shoir 
yozadi: 
Yo’q ekan hissi milliyat kalonlarda 
Hammasining da’vosi bil, ekan zabonlarda. 
 
40. Hamza ilm-ma’rifatni ulug’lovchi qanday she’rlar yozdi? 
 
Hamza 1914-1915-yillarda “O’qi!”, “Ilm ista”, “Olim bo’laylik”, “Kitob”, 
“Qalam”, “Maktab”, “Hikoya”, “To’g’ri so’z bola”, “Toshbaqa bilan chayon”, 
“Bolaning yomon bo’lmog’iga sabab bo’lgan onaning jazosi” kabi pedagogik 
ruhdagi she’rlarini yozdi. Bu she’rlarida ilm-ma’rifat, axloq-odob, to’g’rilik, 
halollik, chin do’stlikni targ’ib qildi. “Ilm ista” she’rida shoir mehtatkash ommaga 
qarata shunday deydi: 
Har muroding, maqsadingga yetmoq istarsan murod, 
 
Ko’z ochib bedor bo’l: darkor ilm, darkor ilm!.. 
 
Ul haqiqat oynasiga sayqal istarsan, Nihon, 
 
Ilm ista, ilm ista, istag’il zinhor ilm! 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin