Uyini garovga qo’yib, qarz hisobiga uylangan qashshoq Egamberdining
boshiga ham shu ahvol tushadi. Qarzini vaqtida berolmagan Egamberdi uyidan
mahrum bo’lib, ko’chada qoladi. Abdulla Avloniy bu asarida inson hech
bo’lmaganda o’z haq-huquqini himoya qilishi uchun bilimli, ma’rifatli bo’lishi
kerakligini ta’kidlab o’tgan.
37. ”Tog’lardan bir manzara”,”Yalqov shogird tilidan”,”Vatan” she’rlari
muallifi kim?
Abdulla Avloniy ko’plab she’rlar, she’riy to’plamlar muallifidir. Uning
she’rlarida vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik va milliy ozodlik taronalari alohida
o’rin tutadi.
“Tog’lardan bir manzara”,”Yalqov shogird tilidan”,”Vatan”, “Maktab
bolasi” kabi she’rlarida ma’rifatli va ilmli bo’lish har bir xalqning taqdiri va
taraqqiyotini belgilaydigan omildir deydi. “
Har millatning taraqqiysi ilm ila.
Nodon xalqning ko’z yoshi marjon emish” (“Tog’lardan bir manzara” she’ri) der
ekan, shoir bu va boshqa ko’plab she’rlarida el ichida ba’zan hukm surib
kelayotgan ilm-ma’rifatga e’tiborsizlikni qattiq qoralaydi. Shoir “Tog’lardan bir
manzara” (1916) she’rida:
Kecha-kunduz bizlar dardu mehnatda,
Ilm ila ovrupolik xandon emish.
Nonimizni teva qilib berurlar,
Bizlar xo’p befarosat, nodon emish –
der ekan, she’r yozilgan vaqtga kelib ham hamon el nonini tuya qilishda davom
etayotgan Rusiya hokimiyatiga zaharxanda ishora qiladi.
Dostları ilə paylaş: