deymiz? Fitrat o’zbek adabiyotshunosligi ravnaqiga katta hissa qo’shdi. U XX asr
o’zbek adabiyotshunosligining asoschisidir. Adabiyotshunos sifatida allomaning
“Farhod va Shirin” dostoni to’g’risida”, “Ahmad Yassaviy”, “Fors shoiri Umar
Xayyom”, “Firdavsiy zamoni va muhiti”, “Bedil”, “Navoiyning forsiy shoirligi va
uning forsiy devoni to’g’risida”, “O’zbek shoiri Turdi”, “Mashrab” kabi ko’pdan-
ko’p tadqiqot va maqolalari sharq va o’zbek mumtoz adabiyotining atoqli vakillari
va muhim muammolariga bag’ishlangan.
Fitratning tadqiqotlari, maqolalari nazariy va amaliy jihatdan katta
ahamiyatga ega. Ular hozirgacha o’z qimmatini yo’qotgan emas. O’zbek va sharq
adabiyoti tarixining mumtoz namunalari, san’atkorlar hayoti va ijodi, nazariy
muammolar haqida dastlab Fitrat ilgari surgan fikrlar, u chiqargan xulosalar
keyingi bosqich tadqiqotchilari uchun katta ijodiy maktab bo’ldi. Shu ma’noda
Fitrat XX asrda yetishib chiqqan ulkan o’zbek adabiyotshunos olimlarining,
xususan, mumtoz adabiyot bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning bevosita va
bilvosita ustozidir. 20-yillardagi mutaxassislar uning “Adabiyot qoidalari.
Adabiyot muallimlari va adabiyot havaslilari uchun qo’llanma”(1926) darsligini
o’qib voyaga yetdilar. Bu kitobda ilk bor o’zbek adabiyotshunosligida zamonaviy
adabiyot nazariyasi muammolari, tushunchalari yoritildi.
56. Qaysi alloma XX asrning 20-yillarida “Qutadg’u bilig”ning Namangan nusxasini topib, fan tarixiga kiritdi? Abdurauf Fitrat XX asr o’zbek adabiyotshunosligi asoschisidir. Bu boradagi
faoliyatining o’ziniyoq bir necha yo’nalishga bo’lib o’rganish mumkin. Fitratning
folkloristika, matnshunoslik, mumtoz adabiyot, aruz, adabiyot nazariyasini
o’rganish ilmi taraqqiyotiga qo’shgan hissasi alohida tahsinga sazovordir. Alloma
XX asrning o’rtalarida “Qutadg’u bilig”ning uchinchi – Namangan nusxasini
topib, fan tarixiga kiritdi hamda o’zi u haqda katta maqola yozdi.