62. Fitrat qaysi asarida o’z ona Vatani –O’zbekistonni mustaqil, o’z xalqini har qanday zulm cheklashlardan ozod holda ko’rishni istagan va bu istakni asarda o’ziga xos tarzda majoziy usulda ifodalagan? Dramaturg Fitratning “Hind ixtilochilari” asarida Hindistonni Angliya
hukmronligidan qutqarish, mustaqillikkka erishish g’oyasi aks etgan. Dramada
musulmon farzandlari Rahimbaxsh bilan Dilnavozlarning ishq qissalari hindlar-
ning istiqlol haqidagi armonlari bilan uzviy bog’liq holda tasvirlab berilgan. Trage-
diyada voqea va obrazlar Hindiston hayotidan olingan bo’lsa-da, bu Rossiyasining
mustamlakachilik siyosatini fosh etishga , chorizmni zulmi ostida ezilgan Turkis-
ton xalqlarini mustaqillik uchun kurashga chaqirishga qaratilgan.
63. Fitratning 1919-1920-yillardagi faoliyati haqida nimalar bilasiz? Fitrat 1919-1920 –yillarda Afg’oniston hukumatining Toshkent shahridagi
vakolatxonasida tarjimon bo’lib ishladi, qator gazeta va jurnallarni tashkil etishda
bosh-qosh bo’ldi, ularning ayrimlariga muharrirlik qildi. Fitrat muharrirligida
chiqqan “Tong” jurnalining birinchi sonida: “Yashasin ilmiy, adabiy, ijtimoiy
o’zgarish. Miya o’zgarmaguncha boshqa o’zgarishlar negiz tutmas. Yashasin sharq
qutulishi!” – degan fikrlar yozilgan edi.
Sho’ro to’ntaruvidan so’ng Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan
ilk bor tashkiliy ravishda shug’ullangan “ Chig’atoy gurungi “ jamiyatiga Fitrat
rahbarlik qilgan.
64. Fitratning “Yopishmagan gajaklar “ maqolasi qachon va qanday maqsadda yozilgan? Fitratning o’z hayoti, taqdiri bilan chambarchas aloqador “Yopishmagan
gajaklar” maqolasi 1929-yilda yozilgan.
Xalqning asl farzandlarini qatag’on qilishning avj nuqtasi 1937-yil bo’lsa-
da, yangi jamiyatga yot unsurlarni izlash jazavasi undan o’n yil ilgari boshlangan
edi. Fitratdan jiddiy ayb, xato izlashlar ham o’sha yillarga to’g’ri keladi.
“Yopishmagan gajaklar” nomli asari Fitratning o’ziga nisbatan islomparast
(panislomist), turkparast (panturkist), o’ziga nisbatan o’tmishni qo’msovchi va
uning merosini targ’ib qiluvchi – komfirqa va sotsializmning dushmani, millatchi
degan tuhmatni yopishtiruvchilarga qarshi raddiya,ochiq xat sifatida e’lon qilingan
maqolasi edi.
Maqolada Fitrato’ziga qo’yilayotgan siyosiy ayblar noto’g’ri ekanini aytish
bilan birga, madaniy merosdan voz kechish kerak, degan fikrlarga qat’iy qarshi
chiqadi. Ayni vaqtda, zamon tazyiqiga bo’ysunib, o’zining komfirqa bilan yakdil
ekaniga ishontirmoqchi bo’ladi.
65. Fitratning sotqinlar, o’z xalqi qonini zuluk kabi so’rganlar haqidagi