she’ri qanday nomlangan? Fitratning sotqinlar, o’z xalqi qonini zuluk kabi so’rganlar haqidagi she’ri
“Mirrix yulduziga”deb nomlangan bo’lib, 1922-yilda yozilgan. Chor Rusiyasi
davrida Turkiston hayotida hukm surgan norasoliklar, xalq hayotidagi og’ir ahvol,
ham siyosiy, ham iqtisodiy qaramlik, undan qutulish yo’llarini izlash va ularga
badiiy javob topishga urinish Fitrat she’rlarining markazida bo’ldi. Bu she’r o’z
davri o’quvchilariga nihoyatda kuchli ta;sir etdi. Asarning yuksak badiiy
ta’sirchanligi hozir ham o’z kuchini yo’qotgan emas: Bizning yerda bo’lib turgan tubanliklar, xo’rliklar, So’yla, yulduz, sening dag’i quchog’ingda bo’lurmi? Bormi senda bizim kabi insonlar, Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar? O’rtoq qonin qonmay ichgan zuluklar, Qardosh etin to’ymay yegan qoplonlar? Bormi senda o’ksuk yo’qsilning qonin Gurunglashib chag’ir kabi ichganlar 21 ? Istiqlol ruhi bilan sug’orilgan bu she’r salkam yetmish yil davomida
millatchilik ruhidagi asar sifatida baholanib keldi. Aslida esa, she’r davr hayotini,
davr kishilari qiyofasini, tuzumning dolzarb ijtimoiy-siyosiy va milliy-mafkuraviy
muammolarini, vatan va istiqlolga cheksiz muhabbat azoblarini yuraklarga jo etgan
otalarimizning zamindan, zamondan, zamondagi zolimdan chora topolmay ko’kka
(Mirrix – Mars yulduzi misolida) nido bilan iltijo qilgan jiqqa yoshli ko’zlarini
nihoyatda teran va chuqur gavdalantiradi.