kambag’alni xonavayron bo’lishdan saqlab qolish uchun to’yga yig’ib yurgan
pulini sarflaydi. Arslon va To’lg’anoyning bir-birlariga muhabbatlari cheksiz,
biroq to’y uchun imkoniyat yo’q… Asarning asosini muhabbat hamda adolat
uchun kurash jarayonlarini badiiy gavdalantirish tashkil etadi.
58. Fitratning iqtisod nazariyasiga doir asarlari qaysilar?
Fitrat “Munozara”,”Hind sayyohi” kabi asarlarida iqtisodga oid nazariy
qarashlarini bayon qilgan. Bu asarlarida Fitrat Turkiston xalqi jamiki boyligiga o’zi
ega bo’lmog’i kerak, unga qanday ko’rinishda bo’lmasin, boqimanda ravishda
o’zgalarning sherik bo’lishi va egaligi, bir jihatdan, adolatsizlik, ikkinchi
tomondan, o’zimizni o’zimiz uddalay olmayotganimiz oqibatidir, degan fikrni
ilgari suradi. Bunga faqat istiqlol tufayligina erishish mumkin edi. Bu asarlarida
Fitrat Turkiston va Buxorodagi iqtisodiy turmushni atroflicha tahlil etishga o’tadi.
Dehqonchilik va hunarmandchilikni rivojlantirish xususida fikr yuritadi.
59. ”O’ zbek klassik musiqasi hamda uning tarixi”nomli risola kimniki?
Fitrat XX asr o’zbek milliy musiqashunosligi sarchashmalarida turadi.
San’atkor tomonidan yozilgan ”O’ zbek klassik musiqasi hamda uning tarixi”
nomli risolasi mumtoz musiqamiz nazariyasi va amaliyotini o’rgangan ko’pdan-
ko’p mutaxassislarga dasturilamal bo’ldi. “Shashmaqom”ni kechiktirmay notaga
tushirishda tashabbus ko’rsatdi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Fitratning o’zi dutor
va tanburda ajoyib kuylar ijro etgan.
60. Fitrat qaysi asarini bir farangi bilan buxorolik mudarris o’rtasidagi bahs
Dostları ilə paylaş: