MAVZU: ABDURAUF FITRAT
52. Fitrat kim? Siz ijodkor haqida nimalar bilasiz?
Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat – ko’p qirrali iste’dod sohibi. Fitrat XX
asr o’zbek adabiyotining ilk bunyodkorlaridan bo’lib, Behbudiy, Avloniy, Hamza,
Qodiriy, Cho’lpon, Ayniy kabi adiblar bilan bir qatorda ijod qilgan. Fitrat mohir
dramaturg, yirik olim va jamoat arbobi sifatida adabiyot va san’at, ilm-fan, maorif
va madaniyat rivojiga salmoqli hissa qo’shgan. Alloma ayniqsa o’zbek milliy
she’riyati, prozasi, maorifi, tilshunosligi, adabiyotshunosligi singari o’nlab
sohalarning oyoqqa turishida jonbozlik ko’rsatgan.
Fitrat yozuvchining taxallusi bo’lib, arab tilida “tug’ma talant”, “tabiiy
holat”, “yaratilish” ma’nolarini bildiradi.
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda savdogar oilasida tug’ilgan. Otasi
Abdurahimboy 1903-yilda vatanni tark etib, Qoshg’arga ketib qolgach, onasi
Bibijon tarbiyasida qolgan. U Mir Arab madrasasida o’qigan, turk, fors, arab
tillarini o’rgangan. 1909-1912-yillarda Turkiyada o’qiydi. Jadidchilikda faol
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: