O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Avloniyning dramaturglik faoliyati haqida nimalar bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187
 
28. Abdulla Avloniyning dramaturglik faoliyati haqida nimalar bilasiz? 
Abdulla Avloniy 1913-yili teatr to’garagi tashkil etib, unga “Turon” deb 
nom berdi. To’garakda ko’plab ijodkorlarning pyesalarini sahnalashtirdi. O’zi ham 
bir qator sahna asarlarini yaratdi. “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, ”Ikki sevgi”, 
”Portugaliya inqilobi”,”Biz va Siz” kabi dramalari o’zbek dramaturgiyasining 
shakllanishida munosib o’rin tutadi.
29. Abdulla Avloniy maktablar uchun qanday darsliklar yozdi? 
Abdulla Avloniy maktab-maorif ishlariga alohida e’tibor berdi. 1904-yili 
Mirobodda “usuli savtiya” maktabini ochadi. 1912-1917-yillar mobaynida shu 
tipdagi maktablar uchun “Birinchi muallim”,”Ikkinci muallim”,”Turkiy Guliston 
yoxud axloq”,”Maktab gulistoni” singari darsliklarini bir necha marta qayta nashr 
etadi. 
30. Avloniy darsliklarining tuzilishi qanday tartibda bo’lgan? 
Avloniyning “Birinchi muallim” asari 1-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan. 
Yozuvchi uni yozishda Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” nomli birinchi o’zbek 
alifbe darsligiga suyangan. Darslik ikki qismdan iborat. Yozuvchi birinchi qismda 
harflar va ularning yozilishi bilan tanishtirsa, ikkinchi qismda yaxshilik bilan 
yomonlikni farqlashga o’rgatuvchi didaktik hikoyatlar beradi. Keyingi darsliklari 
ham shu tartibda ketgan. Darslikdagi hikoya va she’rlar soni 40 ga yaqin bo’lgan, 
uni xalq og’zaki ijodi, Sa’diy, Alisher Navoiy, Poshshaxo’ja, L. Tolstoy, I. Krilov 
asarlaridan olingan she’r va hikoyalar bilan to’ldirib borgan. 
31. Avloniyning qaysi sahna asari ko’p jihatdan Hamzaning “Zaharli hayot” 
pyesasini eslatadi?
Abdulla Avloniyning “ Biz va Siz “ nomli sahna asari ko’p jihatdan 
Hamzaning “Zaharli hayot” pyesasini eslatadi. Fojia ildizi ham, qahramonlarining 
hayot yo’li va taqdiri ham, hatto ayol qahramonning ismi ham bir xil. Chamasi, 
asar yozilgan 1923-yili Hamzaning bu asari teatr ahli yodidan ko’tarilgan, lekin 
hayotda ro’y berayotgan voqealar Avloniyni bu mavzuga yana bir bor qaytishga 
majbur etgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin