O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 O’zbek dramaturgiyasining shakllanishiga va unda ma’rifatchilik



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   187
20. O’zbek dramaturgiyasining shakllanishiga va unda ma’rifatchilik 
an’analarining qaror topishiga samarali ta’sir etgan asar qaysi? 
Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” asari o’zbek dramaturgiyasining 
shakllanishiga, unda ma’rifatchilik an’analarining qaror topishiga samarali ta’sir 
etdi. Natijada, Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Hoji 
Muin Shukrullo, Badriy, Tavallo kabi ijodkorlarning ma’rifatparvarlik ruhida 
yozilgan asarlari birin-ketin yuzaga kela boshladi. Behbudiy ta’sirida Hamza 
“Yangi saodat”, Abdulla Qodiriy “Baxtsiz kuyov” Hoji Muin Shukrullo “To’y”, 
“Mazluma xotin”, “Eski maktab - yangi maktab” kabi sahna asarlarini yaratishdi. 


21. Mahmudxo’ja Behbudiyning maktab-maorif sohasidagi xizmatlari 
nimalardan iborat? 
Mahmudxo’ja Behbudiyning maktab-maorif sohasidagi xizmatlari benihoya 
katta bo’lgan. Ko’p joylarda safarda bo’lishi yangi maktab haqidagi qarashlarini 
mustahkamlaydi. Allomaning tashabbusi bilan ko’plab q ishloqlarda yangi usuldagi
maktablar tashkil qilinadi. Adib ana shu maktablar uchun darsliklar tuzishga 
kirishadi. Behbudiyning ketma-ket “Risolai asbobi savod”, “Muxtasar jug’rofiyai 
Rusiy”(“Rusiyaning qisqacha geografiyasi”), “Madxali jug’rofiyai 
umroniy”(“Aholi geografiyasiga kirish”), “Kitobat-ul atfol”, “Muntaxabi 
jug’rofiyai umumiy”(“Qisqacha umumiy geografiya”), “Muxtasari tarixi 
islom”(“Islomning qisqacha tarixi”) kabi kitoblari chop ettiriladi.
Bolalarni millat ehtiyojlariga moslab o’qitishni orzu qilgan Behbudiy 
Samarqandda bir qator yangi usuldagi maktablar ochadi. Xalqning dunyoqarashi, 
milliy ongini yuksaltirishda matbuotning o’rni nihoyatda muhim ekanini anglab, 
“Samarqand” gazetasi va “Oina” jurnalini nashr etishda bosh-qosh bo’ladi. 
Behbudiy haqli ravishda o’zbek matbuoti, yangi pedagogikasiga asos 
solganlardan. Zero, “Zarafshon” gazetasi 1922-yilda Behbudiyni nashri maorif 
sohasida “Vatanimizning birinchi qahramoni” deyishi bejiz emas. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin