96. G’afur G’ulomning birinchi she’ri qanday nomlangan? 1923-yildan boshlab shoir internatda mudir bo’lib ishlaydi. Shoirning
birinchi she’ri shu joyda yozilgan. “Shu kecha o’z yetimligim, boshimdan
kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli, shu go’daklarga xalqimizning
g’amxo’rligi to’g’risida she’r yozdim. Shu she’rimni ilk she’rim desam bo’ladi”
33
.
Bu “Feliks bolalari“ she’ridir. She’r quyidagi misralar bilan boshlanadi:
Biz odam bolasimiz, Odamning donasimiz. Biz o’sib ulg’ayamiz, Olim bo’lish g’oyamiz. 97. Qaysi ijodkor Turkiston-Sibir temir yo’li qurilishiga bag’ishlab she’r yozgan? She’r qanday nomlangan? G’afur G’ulom Turkiston-Sibir temir yo’li qurulishiga bag’ishlab 1930-yil
1-mayda “Turksib yo’llarida” nomli she’r yozgan. Bu she’rda shoir Turkiston-
Sibir temir yo’li qurilishining ijtimoiy mohiyatini ochishda taqqoslash usulidan
o’rinli foydalangan. She’r yuksak badiiylik ruhida yozilgan, unda davr va xalq
hayotidagi muhim tarixiy hodisa ifodalangan:
Bu yo’llar, bu qadim yo’llar Ustiga 33
Aдaбиётимиз автобиографияси. – T.: 1973, 171-173-бeтлaр
Bu izdan obida, Abadiy xotiraki, bundan to’xtamay bir nafas Qon, Qatron hidimas, Ozodlik shamoli esajak.