MUALLIFDAN
Ma’lumki, Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan olib
borilayotgan davlat siyosatida ma’naviyatga eng muhim masala sifatida katta
ahamiyat berib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining
deyarli barcha asarlarida
mazkur masalaga jiddiy e’tibor qaratilib, uning asosini tashkil etadigan
adabiyotimiz ma’naviyatimizni yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etishi ko’p
marta ta’kidlanadi. “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”
1
risolasi fikrimizga dalil bo’la oladi. Prezidentimiz bu asarda ma’naviyatni,
uning
ajralmas qismi bo’lgan badiiy adabiyotni yuksak baholab, azaliy qadriyatlarimizni
kelgusi avlodlarga yetkazishda uning o’rni va ahamiyati katta ekaniga alohida
urg’u beradi.
“Biz shoir deganda, avvalo, Alisher Navoiydek benazir zotlarni, yozuvchi
deganda Abdulla Qodiriy, Oybek singari o’z xalqi uchun nafaqat noyob
iste’dodini, ayni paytda butun hayotini bag’ishlagan buyuk va mo’tabar insonlarni
tasavvur etamiz… Xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug’ bir dargoh deb
biladi…”
2
deya ta’kidlaydi. Bu hikmatomuz fikrlarda mubolag’a yo’q. Zero, inson
o’zligini bilishi kerak, yurti,
xalqi tarixini, adabiy merosini tinmay o’rganmog’i
lozim. Shundagina kishilarimiz Vatan qadrini yana ham yaxshi tushunadilar. Bu
fikrlarimiz Yurtboshimiz tomonidan aytilgan quyidagi fikrlarda o’z tajassumini
topgan
: ”Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina
inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, erkin va
ozod jamiyatda yashash uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin”
3
.
Milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy meros deganda talay ma’nolarni anglash
mumkin. Shulardan eng muhimi, shubhasiz, o’zbek adabiyoti bo’lib chiqadi. Zero,
har bir xalqning adabiyoti dastlab o’z milliy tarixi, an’analari, madaniyati va milliy
ma’naviyatini ifodalash bilan qimmatlidir. Chunki adabiyot – ma’naviyat
sarchashmasi. U yosh avlodni tarbiyalashda, ular ongiga milliy qadriyatlarimizni
singdirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu haqda ham Yurtboshimizning
1
Dostları ilə paylaş: