Botu, Elbek singari noyob iste’dod sohiblari “Xalq dushmani” sifatida yo’q qilindi.
Bu voqea xalq hayotiga katta ziyon yetkazdi, adabiyot va san’at rivojiga jiddiy
halaqit berdi. Bu haqda akademik Izzat Sulton shunday yozgan edi: “
XX asr
tajribasidan kelib chiqadigan ikki muhim saboq bor: Birinchi saboq – har qanday
sharoitda, davrlar fojialarga qanchalik to’la bo’lmasin, baribir, taraqqiyot
to’xtamaydi, davom eta beradi.
Ikkinchi xulosa shuki, insoniyat taraqqiyotining asosiy shakli tadrijiy
rivojlanish bo’lib qoladi”
14
.
30-yillar adabiyotining o’ziga xos muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu
davrda milliy uyg’onish davri adabiyotining buyuk vakillari
Abdulla Qodiriy,
Fitrat va Cho’lpon o’z ijodlarining so’nggi namunalari bilan adabiy jarayonda
qatnashdilar.
30-yillar adabiyoti erishgan eng katta yutuq uning xalq ommasi bilan yaqin
aloqa o’rnata olganida edi. Xalq bu davrda badiiy so’zga, yozuvchining so’ziga
ishondi. Shu bilan birga qo’pol xatolarga ham yo’l qo’yildi. Partiya adabiyotga
rahbarlik qilarkan, yozuvchilarni o’z childirmasiga o’ynatib, hayot haqiqatiga zid
asarlar yozishga rag’batlantirdi va shunday asarlarga, ularning muallifiga yuksak
mukofotlar berdi.
Urush davrida she’riyat, nasr va dramaturgiya turlarida yaratilgan ko’plab
asarlar safarbarlik ruhiga ega bo’ldi. 30-50-yillar adabiyoti Oybek va G’afur
G’ulom, Hamid Olimjon va Maqsud Shayxzoda, Mirtemir va Sobir Abdulla,
Usmon Nosir va Zulfiya singari iste’dodli yozuvchilarni yetishtirib berdi. Agar
Dostları ilə paylaş: