13. 2-jahon urushi davrida safarbarlik ruhida yozilgan she’rlar qaysilar?
Ikkinchi jahon urushi davrida she’riyat, nasr va dramaturgiya turlarida
yaratilgan aksar asarlar safarbarlik ruhiga ega. Oybekning “O’lim yovga”, Hamid
Olimjonning “ Qo’lingga qurol ol”,”Yigitlarni frontga jo’natish”, G’afur
G’ulomning “Sen yetim emassan”, “Sog’inish”, “Kuzatish”, Shayxzodaning
“Kurash nechun?”, “Kapitan Gastello”, Uyg’unning “Vatan haqida qo’shiq”,
Mirtemirning “Oleg va o’rtoqlari”, Zulfiyaning “ Uni Farhod der edilar“ singari
she’rlari shu davrda e’lon qilingan publisistik maqolalar, front qahramonlari
haqidagi ocherklar bilan birga, xalqni qahramonona kurash va mehnatga safarbar
etdi. Uyg’unning “Vatan haqida qo’shiq” she’rida Vatan onaga qiyoslanadi. Shoir
Vatan uchun jonini ham kechishga tayyor qahramonlar nomidan shunday deydi:
Vatan - ona so’zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo’tabar, aziz,
Hurmatingni saqlar ha bir o’g’il-qiz,
Muqaddas, mo’tabar ulug’ Vatanim,
Sharaflar, shonlarga to’lig’ Vatanim,
O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan.
14. 60-90-yillar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Bu davrda mamlakat hayotida, moddiy va ma’naviy turmushda jiddiy
o’zgarishlar va yangiliklar bo’ldi. Bular stalinizmning qulashi bilan bevosita
bog’liqdir. Eng muhimi shuki, bu davrda mamlakat ma’naviy hayotining barcha
sohalarida keskin burilish yuz bera boshladi. 1956-yilda istibdod qurbonlari: Fitrat,
Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Botu singari yozuvchilar oqlandi. Bu
davrda she’riyat, proza, dramaturgiya tez sur’atda rivojlandi. She’riyatning asosiy
e’tibori hayot va kishilar ongidagi o’zgarishlarni tasvirlashga qaratildi. Jahonda
tinchlik uchun kurash, xalqlar do’stligi, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi abadiy
mavzular milliy she’riyatimizning asosiy markazida turdi. G’.G’ulom, Oybek,
Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya, A. Muxtor, Shuhrat, Shukrullo, E. Vohidov,
A. Oripov, Rauf Parfi, O. Hojiyeva, O. Matjon kabi shoirlar barakali ijod qildilar.
Nasrda Oybek, G’. G’ulom, A. Qahhor, M. Ismoiliy, Said Ahmad, A. Muxtor,
P. Qodirov, Odil Yoqubov, Shuhrat, S. Zunnunova, M. Qoriyev, Mirmuhsin,
O’. Umarbekov, O’. Usmonov, O’. Hoshimov, Sh. Xolmirzayev, Murod
Muhammad Do’st, Tog’ay Murod, Xayriddin Sultonov; dramaturgiyada Komil
Yashin, Uyg’un, Shayxzoda, Izzat Sulton, Hamid G’ulom, Turob To’la, Said
Ahmad, Shukrullo, O’. Umarbekov, E. Vohidov, Sh. Boshbekov, A. Ibrohimov,
H. Muhammad kabi ijodkorlar badiiy jihatdan yuksak asarlar yaratib, adabiyotimiz
dovrug’ini yuqori pog’onaga ko’tardilar.
Dostları ilə paylaş: |