maydoni bo’ldi. XX asr boshlariga kelib “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”,
“Samarqand”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg’ona”, “Hurriyat” gazetalari,
“Oyna”, “Al-isloh” jurnallari qalam ahlining bosh minbariga aylandi.
“Ishtirokiyun”, “Qizil O’zbekiston”, “Qizil bayroq”, “Turkiston”, “Yangi
Farg’ona”, “Yangi Sharq”, “Inqilob”, “Mushtum”, “Bilim o’chog’i”, “Maorif va
o’qituvchi”, “Yer yuzi”, “Alanga” kabi gazeta-jurnallar o’sha
davr adabiyotining
ko’zgusi edi. Adiblarning asarlari ham qo’lda ko’chirilmay, zamonaviy bosma
usulida yuzlab, minglab nusxalarda alohida kitob holida chiqa boshladi. Umuman,
yangi o’zbek adabiyoti ilk qadamlaridanoq ommaviy adabiyot sifatida qad rostlay
boshladi. 70-80-yillari “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Yoshlik”
kabi jurnallar
“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligi nusxasi bir necha yuz mingga yetdi.
4. Qaysi holatlar Yangi o’zbek adabiyoti rivojiga, ifoda tarziga yangi
xususiyatlar olib kirdi?
Yangi o’zbek adabiyoti rivoji ayni paytda axborot vositalari, san’atning
ko’plab yangi turlari – teatr, kino, radio, televideniyening tashkil topishi jarayonida
ular bilan o’zaro hamkorlik va raqobatda kechdi. Bu hol ham so’z san’ati uslubi,
ifoda tarziga yangi xususiyatlar olib kirdi. 30-yillardayoq
jahon adabiyotining
“Hamlet”, “Otello”, “Boris Godunov”, “Yevgeniy Onegin”, “Demon” kabi nodir
namunalarining badiiy go’zalligini o’zbek tilida ifoda etish imkoniyati tug’ildi.
Keyinroq “Shoh Edip”, “Ilohiy komediya”, “Faust”, “Urush va tinchlik”, “Jinoyat
va jazo”dan XX asr adabiyotining g’oyat xilma-xil yo’nalishlariga mansub “Usta
va Margarita”, “It yurak”, “Oshkora qotillik qissasi”, “Judolikdagi yillar”,
“Qumdagi xotin”, “Qiyomat”gacha, F. Kafka, J. Joys, A. Kamyu, H. Heyne kabi
modernizm
10
, postmodernizm
11
, absurd
12
adabiyoti namoyandalarining o’ta
murakkab asarlari ham o’zbek tilida chop etildi.
Dostları ilə paylaş: