Mavzu: KIRISH. XX ASR O’ZBEK ADABIYOTI TARAQQIYOTINING
ASOSIY BOSQICHLARI
1. XX asr o’zbek adabiyotini yaxlit holda qanday atash mumkin?
XX asr o’zbek adabiyoti yaxlit holda har jihatdan
yangi o’zbek adabiyoti deb
atalishga loyiqdir. Atoqli munaqqid Ozod Sharafiddinov: “
XX asrda bizda
jahonning har qanday yuksak talablariga javob bera oladigan yuksak adabiyot
yaratildi, deb baralla aytishimiz mumkin. Hikoyachilik, romannavislikda ham,
she’riyatda ham, dramaturgiyada ham buning isbotini o’nlab uchratish mumkin”
8
,
- deb yozgan edi. Bu adabiyotning rivojiga xos bosh xususiyat tinimsiz yangilanib
borishi va shu yo’ldagi qiyinchiliklar, kurashlar, bahs-munozaralar,
kashfiyot va
yo’qotishlar tarixidan iborat. Yangi o’zbek adabiyotining tug’ilishi, shakllanishi,
rivoji bir asr davomida uch xil ijtimoiy tuzum – rus chorizmi istibdodi, sho’ro
hokimiyati va istiqlol davrida xilma-xil siyosiy, mafkuraviy oqimlar – jadidchilik,
bolshevizm va milliy istiqlol mafkurasi ta’sirida taraqqiy etdi.
2. Yangi o’zbek adabiyoti rivojiga xos muhim xususiyatlar qaysilar?
Yangi o’zbek adabiyoti mamlakat,
xalq hayoti, davrning ijtimoiy-siyosiy
voqealari bilan mustahkam aloqadorlikda tug’ildi, shakllandi, rivojlandi. Ko’p
asrlik tariximizda so’z san’ati hech qachon yurt qayg’usi, xalq turmushi bilan bu
qadar yaqin aloqada bo’lgan emas. Bu haqda
professor Naim Karimov
quyidagilarni yozgan edi: “
XX asr – insoniyat tarixidagi eng ulug’ asrlardan biri.
Bu asrda qanchalik ko’p qon to’kilgan, qanchalik nohaqliklar va adolatsizliklar
ro’y bergan bo’lmasin, insoniyat xuddi shu asrda kelajak sari qadam tashladi...
XX asr o’zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o’rnatdi.
Bu adabiyot xalq va jamiyatni o’z ortidan yetaklab, ularni hurriyat va milliy
taraqqiyot manzillariga olib borishga intildi va bu intilishda muayyan yutuqlarga
erishdi”
9
. Bu bosqich adabiyotining
kuchli tomonlari ham, ojiz jihatlari ham shu
xususiyatlar bilan izohlanadi. Xalq hayotiga, kundalik turmush hodisalariga
yaqinlik,
bir tomondan, asarlarning hayotiyligini, haqqoniyligini oshirgan,
realizmning qaror topishini ta’min etishda muhim o’rin tutgan bo’lsa, ikkinchi
tomondan, adabiyotning
vazifasini soddalashtirish, Abdulla Qahhor so’zlari bilan
aytganda, adabiyotning atomga teng qudratini o’tin yorishga sarflashdek hollar
ham yuz berdi. Eng muhimi, XX asr o’zbek adabiyotida
realizm uzil-kesil qaror
topdi, bizda ham zamonaviy jahon realistik adabiyotining durdonalari bilan
tenglasha oladigan hikoya, qissa, roman, drama va she’riy asarlar paydo bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: