ular haqida o’z fikrini obrazli qilib aytadi. Bu adabiyotni quyidagicha
davrlashtirish mumkin:
1. Asr boshida o’zbek adabiyoti.
2.20-yillar adabiyoti.
3.30-40-yillar adabiyoti.
4. 60-90-yillar adabiyoti
5.Hozirgi adabiy jarayon (90-yillardan boshlab ).
7. XX asr adabiyotining ilk davri tarixda qanday nom bilan kirdi?
XX asr boshlariga kelib milliy uyg’onishga chorlovchi
jadidchilik harakati
yuzaga keldi va tobora rivojlana bordi. Bu harakatning asosiy maqsadi – xalq
ommasini ma’rifatli qilish orqali mamlakat rivojiga, mehnatkashlar hayotini
yaxshilashga ko’maklashishdan iborat edi. Shu tarzda adabiyot ham “Milliy
uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” nomi bilan tarixga kirdi.
Jadidlar milliy uyg’onish davri g’oyalarini hayotga tatbiq etishda matbuot,
maktab-maorif hamda adabiyot va san’at imkoniyatlaridan unumli foydalandilar.
Turli xil to’siqlarga qaramay, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Vaqt”, “Samarqand”,
”Oyna”, “Shuhrat”, “Turon”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg’ona” kabi
gazetalarni tashkil etib, o’sha davrning muhim g’oyalarini, ma’rifatparvarlik,
millatparvarlik, vatanparvarlik g’oyalarini targ’ib qildilar.
Jadid matbuotida bo’lganidek, jadid adabiyotida ham ma’rifat, maktab-
maorif va hurriyat mavzulari davr sadosi sifatida yangradi. Mehnatkash ommani
jaholatga qarshi ilmli-bilimli bo’lishga, ma’rifatga chaqirish jadid yozuvchilari
ijodining asosini tashkil etdi. Bu xususiyat Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar
Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda
Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Tavallo, Muhammadsharif
So’fizoda kabi shoir va yozuvchilar ijodida yaqqol ko’rinadi.
Dostları ilə paylaş: