O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Behbudiyning publisistik ijodi haqida nimalar bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   187
25. Behbudiyning publisistik ijodi haqida nimalar bilasiz? 
Mahmudxo’ja Behbudiy pubisist sifatida ham mashhur bo’lgan. U ijodi 
davomida 300 dan ortiq publisistik maqolalar yozgan. Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi 
bu maqolalarning aksariyati o’zbek xalqining yangi yo’nalishdagi milliy tafakkuri 
shakllanishida, hayotga, turmushga yangicha qarashlari, talablari tug’ilishida katta 
ahamiyatga ega bo’ldi. “Turkiston idorasi”, “Turkistonda maktab jarida”, “Buxoro 
xonligiga sayohat”,“Buxoroda usuli jadid”,“Yoshlarga murojaat”, “Ehtiyoji millat” 
“Ikki emas, to’rt til kerak” singari publisistik maqolalari ana shunday qimmatga 
ega.
26. Behbudiy maqolalarining asosiy g’oyasi nimalardan iborat edi? 
Behbudiy maqolalarida tezda xalq ko’zini ochish, el-yurt kamolotini o’ylash,
madrasalarda ta’limning zamon talablaridan orqada qolayotganligini tanqid qilib, 
bu sohani xalq turmushini yuksaltirishga xizmat qiladigan darajaga ko’tarish uchun 
da’vat; millat ravnaqi; ishlab chiqarish va bevosita jamiyatning iqtisodiy ahvoliga 
faol ta’sir ko’rsatadigan ilmiy bilimlarni o’qitishga e’tiborni kuchaytirish hamda 
ayni vaqtda, halollik va pokizalikka undovchi diniy ilmlardan ham voz kechmaslik, 
dinni mustahkamlash; turkiy tillardan tashqari, arab va fors tillari qatori rus tilini 
ham bilish zaruriyati singari davrning muhim muammolari ko’tariladi. 
Yoshlarni Rusiya, Yevropaning markaziy shaharlariga va Arabistonning 
mashhur oily o’quv yurtlariga yuborib o’qitish kerak, deydi Behbudiy. Shundagina 
Turkiston qoloqlikdan qutula oladi. Behbudiy fikrlari bugungi kunga hamohangdir.


27. Abdulla Avloniy 1907-yilda qanday gazeta chiqardi? 
Abdulla Avloniy 1907-yildan boshlab, o’zida matbuot ishlariga rag’bat 
sezib, “Shuhrat “ gazetasini chiqardi. Bu gazetaning 10-soni chiqqach, chor 
hukumati ma’murlari Avloniyning uyi va idorasida tintuv o’tkazib, gazetani 
chiqarmaslikka tilxat oldilar. Buning boisi Avloniyning temiryo’l ishchilari 
yashirin inqilobiy qo’mitasi bilan yaqin aloqadaligida edi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin