O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Qaysi alloma 1919 -1920 -yillarda Afg’onistondagi sovet elchixonasida



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   187
32Qaysi alloma 1919 -1920 -yillarda Afg’onistondagi sovet elchixonasida 
bosh konsul lavozimida xizmat qilgan? 
1919-yilning aprel oyida Avloniy Turkiston Markaziy Ijroiya Komitetiga 
saylanadi. “Ishtirokiyun” gazetasini yuzaga chiqaruvchi hammuharriri bo’lib 


ishlaydi. 1919-yilning iyunida Abdulla Avloniy RSFSR hukumatining topshirig’i 
bilan Afg’onistonga boradi. 1919-yilning 28-sentabridan 1920-yilning  
20-iyuligacha Hirotda (Afg’oniston) bosh konsul bo’lib turadi.
33. Olti qismdan iborat “ Adabiyot yoxud Milliy she’rlar” to’plami kimniki? 
 
Avloniyning 1917-yilga qadar yozgan she’rlari “Adabiyot yoxud milliy 
she’rlar” nomli olti qismdan iborat to’plamlaridan o’rin olgan. Bu to’plamlar 
1909-1917-yillarda alohida kitobchalar shaklida bosilgan. Abdulla Avloniy 
she’rlarida davrning muhim ijtimoiy masalalarini ko’targan, xalq ommasi o’rtasida 
tarqalgan giyohvandlik, qimorbozlik kabi illatlarni fosh etib, uni jaholat botqog’i-
dan olib chiqish va ma’rifat chamanlaridan bahramand etishni orzu qilgan. 
34. Quyidagi misralar kimning qaysi she’ridan olingan? 
Umrini sarf etmish ota –bobolar, 
Chekmishlar ilm uchun jabru jafolar, 
Bizlar ham bo’lmayluk baxti qarolar, 
Bitsun, yo’q o’lsun bu kayfu safolar. 
Ey millat, uxlama, ilm olur chog’i, 
Har millat ilm oldi-yondi chirog’i. 
 
Yuqoridagi misralar Abdulla Avloniyning “Maishatimizdan bir manzara “
nomli she’ridan olingan. Shoir xalq ommasini ilmga da’vat etibgina qolmay, ota-
bobolarimizning o’tmishda fan va madaniyat ravnaqiga katta hissa qo’shib, maktab 
va madrasalar bunyod qilganlari, ilmiy, badiiy va didaktik adabiyot yaratganlariga 
ham jamiyat e’tiborini qaratishni lozim deb topdi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin