21. Mahmudxo’ja Behbudiyning maktab-maorif sohasidagi xizmatlari
nimalardan iborat?
Mahmudxo’ja Behbudiyning maktab-maorif sohasidagi xizmatlari benihoya
katta bo’lgan. Ko’p joylarda safarda bo’lishi yangi maktab haqidagi qarashlarini
mustahkamlaydi. Allomaning tashabbusi bilan ko’plab q ishloqlarda yangi usuldagi
maktablar tashkil qilinadi. Adib ana shu maktablar uchun darsliklar tuzishga
kirishadi. Behbudiyning ketma-ket
“Risolai asbobi savod”, “Muxtasar jug’rofiyai
Rusiy”(“Rusiyaning qisqacha geografiyasi”), “Madxali jug’rofiyai
umroniy”(“Aholi geografiyasiga kirish”), “Kitobat-ul atfol”, “Muntaxabi
jug’rofiyai umumiy”(“Qisqacha umumiy geografiya”), “Muxtasari tarixi
islom”(“Islomning qisqacha tarixi”) kabi kitoblari chop ettiriladi.
Bolalarni millat ehtiyojlariga moslab o’qitishni orzu qilgan Behbudiy
Samarqandda bir qator yangi usuldagi maktablar ochadi. Xalqning dunyoqarashi,
milliy ongini yuksaltirishda matbuotning o’rni nihoyatda muhim ekanini anglab,
“Samarqand” gazetasi va “Oina” jurnalini nashr etishda bosh-qosh bo’ladi.
Behbudiy haqli ravishda o’zbek matbuoti, yangi pedagogikasiga asos
solganlardan. Zero, “Zarafshon” gazetasi 1922-yilda Behbudiyni nashri maorif
sohasida “
Vatanimizning birinchi qahramoni” deyishi bejiz emas.
Dostları ilə paylaş: