15. Hozirgi adabiy jarayon haqida nimalar deya olasiz?
Hozirgi adabiy jarayon, ya’ni istiqlol davri o’zbek adabiyoti bir qator o’ziga
xos jihatlarga ega bo’lgan alohida badiiy-estetik hodisadir. Bu davr adabiyoti
hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub
hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo’lgan adabiyotdir. Adabiyot
ijodkorning ko’ngil ishiga aylandi va aylanmoqda.
Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko’nglini, ruhiyatini
tasvirlashga e’tibor qaratmoqda. Natijada, inson asosiy badiiy qadriyatga aylanib
bormoqda. Bu davr she’riyatida o’tkir gap aytish, o’quvchiga aql o’rgatish emas,
balki inson ruhining murakkab manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi.
Zamonaviy nasr va dramaturgiya ham bugungi o’zbek adabiyoti mavqeini yuqori
pog’onaga ko’tarishda yetakchilik qildi. She’riyatda Abdulla Oripov, Rauf Parfi,
Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Ikrom Otamurod, Muhammad Yusuf, Faxriyor,
Sirojiddin Sayyid, Salim Ashur, Iqbol Mirzo; nasrda Shukur Xolmirzayev, O’tkir
Hoshimov, Omon Muxtor, Tohir Malik, Murod Muhammad Do’st, Xayriddin
Sultonov, Xurshid Do’stmuhammad, Nazar Eshonqul, Ulug’bek Abdulvahob;
dramaturgiyada Odil Yoqubov, Erkin Samandar, Usmon Azimov asarlari
yutuqlarga boy bo’ldi.
MAVZU: YANGI O’ZBEK ADABIYOTI NAMOYANDALARI.
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY
16. “Oyina” jurnali asoschisi kim? Uni qaysi tillarda chiqarmoqchi bo’lgan?
“Oyina” jurnali 1913-yilda Mahmudxo’ja Behbudiy tomonidan nashr etilgan
(Behbudiy shu yili “Samarqand” gazetasini ham chiqargan). Jurnal Turkistonda
ijtimoiy fikrning taraqqiyotida juda katta ahamiyatga molik bo’ldi. Jurnalning
birinchi sonida Behbudiyning o’zi “Oyina” shunday bir narsaki, odam unga o’zini
ko’rish, yuzining qandayligini bilish uchun qaraydi. Yuzi turli fizik va psixik
omillar ta’sirida qizil, sariq, qora yoki oq bo’lishi mumkin. Kishi oyinaga
nogahoniy payqab qolishi mumkin bo’lgan dardlarini davolash uchun qaraydi”,-
deydi.
Behbudiyning o’zi arab, fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini tushungan,
gaplasha olgan. “Oyina”ni to’rt tilda – turkiy, forsiy, arab va rus tillarida
chiqarmoqchi bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: |