Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 61,63 Kb.
səhifə1/8
tarix04.05.2023
ölçüsü61,63 Kb.
#107348
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Numonov M



Mavzu: Istiqlol yillarida Oʻzbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimida amalga oshirilgan islohotlar
Reja:
Kirish
Asosiy qism :
1.Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi
2.Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda sud
3.Sudlar faoliyatini raqamlashtirish va aholi oʻrtasida sudlarning obroʻsini oshirishda OAV ning roli
Xulosa
Glossary
Adabiyotlarning bibliografik roʻyxati

Kirish
,,Sud binosiga kelgan har bir inson O'zbekistonda adolat bor deb chiqib ketishi kerak.
Bu - prezident talabi!"
Shavkat Mirziyoyev
«Sudlar mamlakatimiz tarixida qadim zamonlardan beri mavjud boʻlib, olimlarning fikricha 3-3,5 ming yillik tarixga ega. Biz koʻnikkan sudlar shakllangunga qadar uzoq yoʻlni bosib oʻtdi va bu yoʻlda xorijiy tajribalardan soʻngi yillarda unumli foydalanildi.»1
Oʻrta Osiyo xalqlarida sudlov faoliyatini qadimdan shakllangan urf-odatlar va anʼanalarga koʻra jamiyatning yoshi ulugʻ , boy hayotiy tajribaga va bilimga ega , jamiyatning boshqa vakillari tomonidan katta obroʻ-eʼtibor va hurmatga sazovor boʻlgan aʼzolari amalga oshirgan. Kiritilgan masala yuzasidan hammmaning fikrlari eshitilib, ish oʻrganilgach sudning qarori birgalikda qabul qilinib majburiy xarakterga ega boʻlgan. Zardushtiylik ham sud-huquq sohasiga o'z mafkuraviy ta'sirini ko'rsatgan, ya'ni aybli qilmish bir vaqtni o'zida gunoh, diniy amallarni bajarmaslikka teng bo'lgan.
VII va VIII asrda arablar istilosidan keyin Movorounnahrga islom dini bilan birgalikda qozilik sudlari ham kirib keldi. Shariat qonun-qoidalariga asoslangan qozilik sudlari , xalq urf-odat meʼyorlariga asoslangan biy sudlari ( ko’chmanchi aholi uchun ) Oʻzbekiston hududida qariyb XIII asr davomida faoliyat koʻrsatgan.
«1219—1221 -yillar oralig'ida Movarounnahr va Xorazm hududlari mo'g'ullar asoratiga tushib qoldi. Mo'g'ullar saltanatining ulug' hukmdori Chingizxon vafotidan so'ng uning vasiyatiga binoan itoatga keltirilgan ajnabiy hududlar o'g'illari -jo'jixon, Chig'atoy, O'qtoy va To'lixonlarga bo'lib berilgan edi. Shu iumladan, Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkiston Chig'atoy tasarrufiga'berilganligidan bu hududlar Chig'atoy ulusi nomi bilan atala boshlandi. Bu davrda huquqdagi asosiy o'zgarishlar Chingizxon tomonidan mo'g'ul-tatarlar odat huquqlarining yozma nusxasi - Yaso qonunlarining qabul qilinishi bilan yuz bergan edi. Lekin shuni ta'kidlash joizki, Chingizxonning «Yaso qonunlari» islom huquqini tugatmadi. Movarounnahr aholisi juda ko'p va asosiy ijtimoiy-huquqiy munosabat-larda islom huquqiga asoslanganlar. Mo'g'ullar islomni qabul qilgandan keyin esa islom huquqining ta'sir doirasi yanada kengaygan. Sud ishlari markazda bevosita xon noibining huzurida uning nazorati ostida olib borilgan. Mo'g'ullarga taalluqli ishlarda sud yuritish yasoga asoslangan edi. Diniy ishlar shariat huquqi asosida yorg'uchilar (sudyalar) tomonidan hal etilgan. Sudyalar - yorg'uchilar obro'li, e'tiborli kishilardan tayinlangan. Sud funksiyasi kundalik ish bo'lgan».2
XIX asrning ikkinchi yarmida Podsho Rossiyasi Oʻrta Osiyoda , shu jumladan oʻzbek davlatlarida ham Rossiya qonunchiligiga asoslanib ish yurituvchi oʻzlarining sud tizimini joriy qilishdi va shu bilan birga bizning milliy sud-huquq tizimimizni kamsitish siyosatini ham olib borishdi. Goʻyo xonliklar diniy mutassiblik botqogʻiga botib ketgan va huquq sohasida esa dunyodan anchagina ortda qolgandek edi.
Ammo ulkan Rossiya imperiyasining oʻzi ham Yevropa mamlakatlariga tenglasha oladigan salohiyatga ega emas edi, yana ich-ichidan asta-sekin nurab, umri yakuniga yetib borayotgan edi. 1914-1918-yili sodir boʻlgan Birinchi jahon urushida yakun topgan hayotlari orasida Chor Rossiyasi va Romanovlar sulolasining hokimiyati ham bor edi. Rus armiyasining ketma-ket magʻlubiyatlari tufayli sodir boʻlgan Oktabr toʻntarishidan soʻng sudlar faoliyatida ham oʻzgarishlar yuz berdi, harbiy tiribunallar tashkil etildi. Sudlar mustaqilligi va hokimiyatning alohida turi sifatida oʻz oʻrnini yoʻqotib "kommunizm" targʻibotchisiga aylangan. Shoʻro hokimiyati davrida ulkan qatagʻon mashinasining bir qismi boʻlgan sudlar minglab begunoh odamlarni aybsiz bola turib jazo olishlariga, arzimagan ishlar uchun esa ,,xalq dushmani" ga aylanishlariga olib keldi. 1983-1989-yillarda ,,paxta ishi" yuzasidan, Oʻzbekistonda 4,5 ming kishi javobgarlikka tortilgan edi.
Mustaqillik bizga juda koʻp narsani qaytarib berdi, bularning qatorida odil sud ham bor. Nihoyat, u oʻzining asl vazifasiga, insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga kirishdi . “Sud hokimiyati isloh qilinmoqda, u qonunlar ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlashi lozim”3-deb mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlarida e’tirof etgan edi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.
192-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasid Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatlar boʻlinishi va ularning mustaqilligi belgilangan boʻlsa, V bo’lim XXII bobi butunlay sud hokimiyatiga bag’ishlangan edi. Jumladan, 106-moddasida shunday belgilangan:
“O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyatiqonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa davlat organlaridan mustaqil holda ish yuritadi”.4
2023-yil 30-aprelda bo’lib o’tgan umumxalq referendumida 90,2% ovoz bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning V bo’lim XXIII bobi 130-140-moddalari sud hokimiyatiga bag’ishlangan.
Sud faoliyatini tartibga solish maqsadida 1993-yil "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonun (2000, 2021-yllarda yangi tahriri) qabul qilindi .Mazkur qonunga koʻra, sud’yalarni tanlash va lavozimlarga tayinlashning samarali va demokratik mexanizmi barpo etildi. Shubhasiz, ushbu qonun hujjatlarining qabul qilinishi tasodifiy emas. Ularning qabul qilinishi sud-huquq islohotini amalga oshirishga, umuman jamiyatimizning modernizatsiya qilishga izchil, bosqichma-bosqich va puxta uylangan munosabatning natijasidir.
Barchaga maʻlumki, huquqiy davlatda sud hokimiyati davlatchilikning haqiqiy asosi ijtimoiy tinchlikni, huquqiy tartibotni va jamiyat barqarorligini taʻminlaydigan institutdir.
Umuman olganda sud hokimiyatining shakllanishi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning qaror va xatti-harakatlariga ularni tenglashtirish maqsadida faol taʻsir koʻrsatish boʻyicha yuridik imkoniyatini oʻz ichiga olgan hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, jamiyatni yemiruvchi ijtimoiy tuqnashuvlardan himoya qilishga yoʻnaltirilgan tubdan yangi vazifalar sud zimmasiga yuklatilishini nazarda tutadi.
Yuqorida keltirilgan tahlil sud-huquq islohati jarayonida davlat hokimiyatining erkin, mustaqil va kuchli tarmoq sifatida tashkil topgani, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini, konstitutsiyaviy tuzimni, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlarini himoya qilish manfaatida oʻz vakolatlarini amalga oshiradigan sud hokimiyati shakllanishiga qaratilgan taʻsirli choralar koʻrildi .
Mustaqillik e'lon qilinishi bilan jamiyatdagi demokratik oʻzgarishlar sudning hokimiyat turi va davlat organi sifatida roli qayta kashf etildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda sud organlari faoliyatini isloh qilish, takomillashtirish, ayniqsa haqiqiy xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida zarur islohotlar amalga oshirildi va bu borada ko'plab qonunchilik hujjatlari qabul qilindi.



Yüklə 61,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin