Jinoyat-jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish(harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Korrupsiya (lotincha so’z bo’lib korruptio-buzish, sotib olish)-shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini kuzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida konunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi. Konstitutsiya(lotincha so’z bo’lib constitution-tuzilish, tuzuk)-bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Odil sudlov-haqiqiy holatni aniqlab, odamlar orasidagi, ular bilan jamiyat va davlat oʻrtasidagi kelish-movchilik va nizolarni faqat sud to-monidan hal etib berilishi. Qonun-bu normativ akt bolib, qonunchilik hokimiyati organi (yoki referendum yoli bilan) tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan, xalqning irodasini ifodalaydigan, oliy yuridik kuchga ega bolgan va birmuncha muhim bolgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat. Qonun ustuvorligi-qonunning ijtimoiy hayotning barcha soxalarida qatʼiy hukmron boʻlishi, ya’ni xar bir davlat organi, mansabdor shaxe, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga boʻysunishi. Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat konun bilan tartibga solinishi, uning barcha ishtirok- chilari esa xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Sud(slavyancha sud-ish)-odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Qozilik sudlari-o'troq aholi uchun faoliyat ko'rsatgan, ishlarni shariat- qonun qoidalari asosida koʻrib chiqqan sudlar.