98. G’afur G’ulom ijodi kimlar tomonidan o’rganildi?
Shoir ijodini ilmiy asosda o’rganish, tadqiq etish sohasida talay ishlar
qilingan. H. Yoqubovning “G’afur G’ulom” (1959), S. Mamajonovning “Shoir va
zamonaviylik” (1963), “G’afur G’ulom prozasi”(1966), “Uslub jilolari”(1972),
N. Shukurovning “G’afur G’ulomning lirik poeziyadagi mahorati”(1966),
A. Akbarovning “Shoirning hayoti”(1973) nomli kitoblari, I. Sulton, V. Zohidov,
L. Qayumov, O. Sharafiddinov, U. Normatov, B. Imomov, N. Karimov, A. Oripov
va boshqalarning ilmiy maqolalari shular jumlasidandir.
Mustaqillik davrida G’afur G’ulom ijodini tadqiq va tahlil etish kuchaydi.
Keyingi vaqtlarda “G’afur G’ulom” (Naim Karimov), “Akademik G’afur G’ulom”
(Aziz Qayumov), “G’afur G’ulom olami”(Baxtiyor Nazarov), “G’afur G’ulom
zamondoshlari xotirasida”, “G’afur G’ulom Samarqandda” kabi risola va
maqolalar to’plami yaratildi.
99. G’afur G’ulom qaysi asari ustida salkam yigirma besh yil ishlagan?
G’afur G’ulom “Shum bola” qissasi ustida juda ko’p mehnat qilgan. Asarni
1941-yilda va 60-yillarning boshida ikki marta qayta ishlagan; har saqfar uni yangi
boblar, yangi voqea va detallar bilan boyitgan. Yozuvchi Said Ahmad:”1962-yilda
G’afur G’ulom yana “Shum bola”ni qo’lga oldi, tahrir qildi. Yangi boblar kiritildi.
Hoji bobo obraziga juda ko’p detallar qo’shildi. Ayniqsa, qissaning bosh qismi,
oxiri, o’rtalarida o’zgarishlar bo’ldi. Adib “Shum bola” qissasini salkam yigirma
besh yil ishladi, desam yanglish bo’lmaydi”
34
, – deb yozgan edi.
100. ” Zamonali va Omonali “ nomli musiqali komediya kimniki? U qaysi
asar asosida yaratilgan?
Hamid G’ulom ”Shum bola” va shu nomdagi telefilm asosida “Zamonali va
Omonali” nomli musiqali komediyasini yaratgan.
101. Mamajon tanbal hayoti tasvirlangan asar qanday nomlanadi?
Mamajon tanbal obrazi tasvirlangan asar “Tirilgan murda” bo’lib, G’afur
G’ulom tomonidan yozilgan. Asarda Mamajon ismli bir yigitning 1925-1933-
yillarda kechirgan hayoti hikoya qilinadi. Adib uni “Ming bir kecha” asaridagi
yalqovlikda mashhur Abutanbalni bir cho’qishda qochiradigan dangasa sifatida
tasvirlaydi.
Qissada voqea Mamajon tilidan, uning kundalik daftarining sahifalari
sifatida berilgan. Asar original uslubda yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |