O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 G’afur G’ulomning “Afandi o’lmaydigan bo’ldi“ nomli hikoyasi qachon



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   187
122. G’afur G’ulomning “Afandi o’lmaydigan bo’ldi“ nomli hikoyasi qachon 
yozilgan? 
G’afur G’ulom “Afandi o’lmaydigan bo’ldi” nomli hikoyasini 1965 -yilda 
yozgan. Bu asari bilan G’afur G’ulom folklor asarlariga yana ham chuqurroq kirib 
borishga, ularni qayta ishlashga erishgan, deb ayta olamiz. 
 
123. G’afur G’ulomning “Sog’inish “ she’ridan olingan “Tongotar chog’ida 
juda sog’inib, … o’qir edim, chiqdi oftob” misralaridagi nuqtalar o’rniga 
qaysi mashhur sharq shoirining nomini qo’yish o’rinli?
“Sog’inish” she’rida shoir mashhur alloma Bedilga ishora qiladi . She’r 
misralari quyidagicha: 
Tong otar chog’ida juda sog’inib, 


Bedil o’qir edim, chiqdi oftob. 
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, 
Pok-pokiza yurak bir qatra simob
36

E’tibor berib qarasak, lirik qahramon ko’nglini vasvasalar bosganda ko’z 
yosh yoki oh-vohlarga berilmaydi. Tong otar choq Bedilni o’qir ekan, oftob chiqib 
kelishidan (oftob chiqishiga alohida e’tibor berish o’rinli, albatta) katta ma’nolar 
uqadi.
Mavzu: MUSO TOSHMUHAMMAD O’G’LI – OYBEK 
124. Oybek kim? Siz u haqda nimalar bilasiz? 
Noyob iste’dod egasi, lirik shoir, benazir nosir va atoqli olim sifatida nom 
taratgan Oybek XX asr o’zbek adabiyotining iftixoridir. Oybekning kamalakdek 
tovlanuvchi, serjilo va qudratli she’riyatini, purviqor va hikmatli nasrini millionlab 
kitobxon sevib o’qiyapti. Adibning “Qutlug’ qon”, “Navoiy” kabi shoh asarlari 
oltmishdan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Turkman yozuvchisi Berdi 
Kerboboyev: “Oybek faqat o’zbek xalqiqagina emas, barcha qardosh xalqlarga 
ham sevikli adibdir
37
, - degan edi. Hamid Olimjon: “Prozada shoiru, poeziyada 
prozaikdir”,- degan edi.
Yozuvchi Oybek ijodi haqida mustaqillik yillarida davr talablariga mos 
ravishda yangi tadqiqot ishlari olib borildi. Adib ijodi sog’lom fikr asosida tadqiq 
va tahlil etilib, yangi-yangi ilmiy xulosalar chiqarildi. N. Karimov, S. Mamajonov, 
B. Nazarov, U. Nornatov, O. Sharafiddinovlarning “XX asr o’zbek adabiyoti 
tarixi” (Toshkent, “O’qituvchi”, 1999), Sanjar Sodiqning “Yangi o’zbek adabiyoti 
tarixi” (Darslik. Toshkent, “Universitet”, 2005), Saydulla Mirzayevning “XX asr 
o’zbek adabiyoti” ( Darslik. Toshkent “Yangi asr avlodi” 2005) darsliklari,
N. Karimovning “Oybek” tadqiqoti, U. Hamdamovning nomzodlik,
A. Sabirdinovning doktorlik dissertatsiyalari bunga misol bo’la oladi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin