O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


G’afur G’ulomning “Yodgor” asarida qanday voqealar tasvirlanadi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187
 


111.G’afur G’ulomning “Yodgor” asarida qanday voqealar tasvirlanadi? 
 
G’afur G’ulom “Yodgor” qissasini 1936-yilda yozgan. Yozuvchi qissada 
yangi zamon voqeligi va unda yangicha tarbiya topayotgan kishilar xarakterini aks 
ettirgan.
Yashashning mazmunini ulfatlar bilan ko’ngilxushlik qilib, bedana sayratib 
yurishdan iborat deb tushungan oddiy chapani yigit –Jo’raning hayotda o’z o’rnini 
toppish jarayoni rang-barang voqealar zamirida, ko’pdan-ko’p qahramonlar bilan 
o’zaro munosabatda aks ettiriladi. Qissadagi voqealar uning qahramoni bilan 
Toshkentdan Ashxobodga va boshqa shaharlarga ko’chib turadi. Asarda yangi 
turmush tufayli ongi va ruhiyatida yuz bergan o’zgarishlar, yangi insonning o’sib 
yetishishi Jo’ra, Saodat va Mehri hayoti bilan bog’liq sarguzashtli voqea tasvirida 
ochib berilgan. Butun asar davomida G’afur G’ulom Abdulla Qodiriydan 
o’rgangan “sir tutish” hamda sujet harakatining muayyan bir tuguniga o’quvchi 
diqqatini jalb etib turish mahoratidan ustalik bilan foydalangan. Ayni vaqtda, bu 
badiiy usul adibga asar ziddiyati va qarama-qarshiliklarini, qahramonlarning o’zaro 
to’qnashuvi va xarakterlar ruhiyatini ochishda muhim vosita vazifasini bajargan. 
112. Yangi turmush ta’siridagi o’zbek yigiti milliy ongi va xarakterini 
ko’rsatishda yozuvchi G’afur G’ulom qanday usullardan foydalangan? 
Asarda voyaga yetmagan Jo’ra armiya xizmatiga ketadi. U yerda uch yil 
davomida hayot sinovlarida toblanadi. Asar davomida Jo’ra bilan Saodatning pok 
muhabbati tasviri qissani bezab turadi. Harbiy xizmatdagi ayriliq muhabbatni ham 
sinovdan o’tkazadi.
G’afur G’ulom uchun harbiy xizmatni tugatgan Jo’rani harbiy 
akademiyaning tibbiyot bo’limiga yuborish, chegaradagi bo’linmalardan biriga 
shifokor qilib jo’natish syujet chizig’idagi qiziquvchanlikni oshirish yoki voqea 
ketidan quvish muddaosi emas. Yozuvchining bundan kutgan asosiy muddaosi 
yangicha sharoitda shakllanib, voyaga yetib borayotgan yangi turmush tarzidagi 
o’zbek yigiti milliy ongi va xarakterini ko’rsatishdan iboratdir. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin