Oybek 1949-yilda bir qator ijodkorlar bilan Pokistonga boradi va Pokiston
taraqqiyparvar yozuvchilari uyushmasining kongressida qatnashadi.
Oybek chet
eldan qaytib kelgach, “Zafar va Zahro” , “Haqgo’ylar “ dostonlar,”Nur qidirib”
qissasi, “Pokiston poytaxti”, ”Orzu”,”Pokiston ayoliga”, “Muhojirlar lageri”
she’rlarini yaratadi. Bu asarlarda Pokiston xalqining 40-yillardagi ijtimoiy hayoti,
turmush sharoiti, urf-odatlari, ozodlik va tinchlik yo’lidagi kurashlarini yozgan.
Pokiston istiqboliga ishonch tuyg’usi Oybekning “Zafar va Zahro”,
“Haqgo’ylar” dostonlari va nasriy asarlarida yanada keng va aniq aks etgan.
136. Oybekning atom urushi oqibatlariga atab yozgan dostoni qanday
nomlanadi?
Oybekning “Davrim jarohati” dostoni atom urushining oldini olish
muammolariga bag’ishlangan bo’lib, unda insoniyatga mehr-muhabbat tuyg’usi
tinch hayotni ulug’lash dahshatli atom urushini keskin qoralash bilan chambarchas
bog’liq holda yorqin ifodalangan. Dostonda 1945-yilda Yaponiyadagi
Xirosima va
Nagasaki shaharlariga atom bombasining tashlanishi va uning fojiali oqibatlari
zo’r hayajon va iztirob bilan tasvirlangan. Shoir bu shaharlarga atom bombasining
tashlanganligini, atom bombasi bilan qurollanishning
kuchayganini davrimiz
uchun katta ayb, davrimizning sog’lom tanasidagi og’ir jarohat deb ataydi. Oybek
dostonda insoniyatning baxti - mening shaxsiy baxtim, insoniyatning jarohati –
mening yuragimdagi jarohatdir, degan g’oyani ilgari surgan.
137. Adabiyotda yaratilgan eng so’nggi jadid obrazi kim va u qaysi asarda
berilgan?
Oybekning “Qutlug’ qon” romani sujet va kompozitsiya jihatdan tahsinga
loyiq asar hisoblanadi. Unda asar g’oyasini va obrazlar xarakterini ochishga
xizmat qilmaydigan tasvirlar, ortiqcha voqea va epizodlar yo’q. Aytish kerakki,
asarda o’sha davr taqozosiga ko’ra, sotsialistik realizm
talabiga binoan rus-
inqilobchi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan.
Shu bilan birga adabiyotda
yaratilgan eng so’nggi jadid obrazi – Abdishukur ham “Qutlug’ qon” romanida
berilgan. Bu obraz ham bir tomonlama tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: