145. Oybekning “Navoiy” romanidagi tarixiy shaxs obrazlari qaysilar?
Asarda tarixiy shaxs obrazi sifatida asosan bosh qahramon Alisher Navoiy
siymosi turadi. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning
turkey til va adabiyotga bo’lgan munosabati tasviridan ham o’rinli foydalangan.
Romanda haqqoniy tasvirlanganidek, Navoiy o’z ona tilisi- turkiyni dildan sevadi.
Uning go’zal va boy til ekanini inkor qiluvchilarga qarshi dadil kurashadi. O’zbek
tilining boyligini amalda namoyish qiluvchi ajoyib badiiy asarlar yaratadi.
Romanda Alisher Navoiy bilan bir qatorda Abdurahmon Jomiy, Husayn
Boyqaro, Badiuzzamon, Xadicha begim, Mo’min Mirzo, Darveshali, Binoiy,
Majididdin singari tarixiy shaxslar obrazi ham berilgan. Bu obrazlar Navoiy
xarakterini ochishda muhim o’rin tutadilar, ular vositasida o’sha davr hayotini
haqqoniy ko’rsatgan. Asarda podshoh Husayn Boyqaroning o’z o’g’li
Badiuzzamonga qarsho jang qilishi, nabirasi Mo’min Mirzoni qatl etish haqida
farmon berishi, shahzodalarning bir-biriga qarshi qilich qayrashi, bir-biriga xiyonat
qilishi singari fojiali voqealar, ziddiyatlar g’oyat ta’sirli qilib ifodalangan.
146. Oybekning ”Navoiy” romanidagi to’qima obrazlar qaysilar ?
Romanda tarixiy shaxs obrazlari bilan birga, Sultonmurod, Dildor,
Arslonqul, Zayniddin, To’g’onbek singari badiiy to’qima obrazlarning ham borligi
bosh qahramon xarakterini, uning fazilatlarini yanada yorqinroq ochishga xizmat
qilgan. Oybek bu obrazlar orqali o’sha davrdagi ma’lum ijtimoiy guruhlar hayotini
umumlashtirib ko’rsatib bergan. Bular yozuvchi ijodiy fantaziyasining mahsulidir.
Shuningdek, bu obrazlar vositasida bosh qahramon Navoiy xarakterini, uning
fazilatlarini hamda tarixiy davr haqiqatini yanada yorqinroq ochishga xizmat
qilgan.
147.”Qutlug’ qon” romanidagi qaysi qahramon:”Men do’stlarga sira
Dostları ilə paylaş: |