O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Oybekning tugallanmay qolgan dostonlari qaysilar?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   187
151. Oybekning tugallanmay qolgan dostonlari qaysilar? 


Oybek o’z ijodi davomida yigirmadan ortiq dostonlar yozgani ma’lum. 
Yozuvchi tarjimai holida “Temur”,”Bobur” kabi dostonlar ustida ish olib 
borayotganini aytgan, biroq bu dostonlar bizga to’laligicha yetib kelmagan. 
152. Oybekning ilk she’riy to’plami qanday nomlangan? 
 
Oybek 1925-yilda O’rta Osiyo Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetiga 
o’qishga kiradi. Oybek Cho’lpon bilan tanishib, uning she’riyati ta’sirida inja 
tuyg’ular tasviriga beriladi. 1926-yilda ijodkorning birinchi she’rlar to’plami e’lon 
qilinadi. Kitob “Tuyg’ular “ deb nomlangan. Bu to’plamga kirgan she’rlarida hatto 
qushlar va uy hayvonlariga ham ozor bermaslikka chaqiruvchi cho’lponona buyuk 
insonparvarlik yorqin ko’rinib turadi. 
To’plamdan joy olgan she’rlardan biri “Nay kuylari” deb nomlangan va uni 
Cho’lponga bag’ishlagan. Chindan ham, Cho’lponning nozik tuyg’u va kechinma 
tasvirlangan qator she’rlarida nay sadolari mavjlanib turadi. Bu kabi o’tli sadolar 
Oybekning qalbiga ham yaqin edi. Shuning uchun shoir 20-yillarga oid she’rlarida 
cho’lponona mayin va nafis kechinmalarni tasvirladi. 
153. Oybekning ilk dostoni qaysi? 
“ Dilbar – davr qizi “ (1932 ) shoir qalamiga mansub ilk dostondir. Oybek 
tarjimai holida bu doston to’g’risida so’z yuritib, unda O’zbekistonning inqilob 
natijasida ozod bo’lgan yangi ayoli va to’la ozodlikka erishish yo’lida turgan qiyin 
chiliklar to’g’risida, turmush sarqitlari to’g’risida fikr yuritishga harakat qilganini 
aytadi.
Oktabrdan keyin sho’ro davlati tomonidan amalga oshirilgan ko’pgina 
tadbirlar O’zbekistonni Rusiya sanoati xomashyo bazasiga, xalqini esa mehnat 
quroliga aylantirib yubordi. Shu bilan birga, oktabr to’ntarishi O’zbekistonga yangi 
hayot shabadasini olib kirdi. U ayniqsa xotin-qizlar taqdirida muayyan o’zgarish 
yasadi. Oybek “ Dilbar – davr qizi “ dostonida musulmon olami uchun muhim ana 
shu jarayonni Dilbar taqdiri misolida tasvirlab bera olgan. Bunda o’tmish zulmat 
va vahshatning timsoli sifatida tasvirlangan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin